YOGʻOCH MATERIALLAR

YOGʻOCH MATERIALLAR — tabiiy yogʻochdan tayerlanadigan taxta, xari, xoda va b. ; tabiiy yogʻochga bogʻlovchi moddalar (sintetik smolalar) shimdirib va yukrri tralarda bosim ostida ishlov berib, yelimlab olinadigan qurilish, mebelsozlik, kemasozlik materiallari. Tayyorlanish usuliga koʻra tilingan va tilinmagan, presslangan, modda shimdirilgan, qatlamqatlam qilib yelimlab yopishtirilgan yogʻochlarga, yogʻoch plastika va plitalarga boʻlinadi. Tabiiy Yogʻoch materiallar — xari, xoda, gʻoʻla; yoʻnilgan, yorilgan materiallar, tilingan (taxta), payraha, faner, qipiq va b. materiallar. Modda shimdirilgan Yogʻoch materiallar — antiseptik vositalar va yogʻoch smolasi shimdirilgan materiallar. Presslangan Yogʻoch materiallar — tolaning koʻndalang yoʻnalishi boʻyicha ZOMN/m2 (300 kg. kuch/ sm2) bosim ostida va 100—250° trada qizdirib bir tomonlama, ikki tomonlama va kontur boʻyicha zichlab olinadigan materiallar. Bunday Yogʻoch materiallarning zichligi 1200—1450 kg/m3 boʻladi. Yelimlangan Yogʻoch materiallar — fizikmexanik xossalari deyarli bir xil boʻlgan yogʻoch qatlamlarini birbiriga yopishtirib (yelimlab va presslab) olinadigan kalin, uzun va enli materiallar. Qatlamqatlam Yogʻoch materiallar — shpon yoki randalangan fanerlarni sintetik smola yoki oqsil yelim bilan yopishtirib olinadigan material. Plastik Yogʻoch materiallar — payraha, qipiq, maydalangan yogʻoch va b. organik yoki mineral bogʻlovchilar (10—30%) dan tayerlanadigan plitalar, yogʻoch plastika, fibroplitalar va b. Yogʻoch tolali plitalar yogʻoch massasidan presslab tayyorlanadi. Yogʻoch materiallardan qogʻozsellyuloza tayyorlash va kimyoviy mahsulotlar i. ch. da ham foydalaniladi. Yogʻoch materiallar qurilish, kemasozlik va mebelsozlikda hamda yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Tabiiy Yogʻoch materiallar daraxt tanasidan olinadi. Daraxt tanasi oʻzak, yogʻochlik, tola va poʻstloqdan iborat. Ayrim daraxtlarning faqat poʻstloq va oʻzak qismi ishlatiladi. Oʻzbekistonda Yogʻoch materiallar tol, yongʻoq, tut, archa, terak, qayragʻochdan tayyorlanadi. Qayragʻoch yogʻochidan arava gʻildiragi va oʻqlari qam yasaladi.


Lotin alifbosida maqola: YOGʻOCH MATERIALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOGʻOCH PLITALAR
YOGʻOCH PLASTIKALAR
YER
YOGʻOCHGA ISHLOV BERISH JIHOZLARI
QURILISH MATERIALLARI SANOATI


Добавить комментарий