YuECHJI, yuechji, yuychji, yovchi, qadimiy oʻqilishda — rutziyo, ruziye — mil. av. 11-asrda Dunxuan (Dashtiota) va Chilanshan (Nanshan) togʻlari atrofida turkiy (qavmdi) tomonidan barpo etilgan davlat (tarsxiy adabiyotlarga etnik nom sifatida kirib qolgan) nomi. Mil. av. 3-asrda ushbu davlat hunlar tomonidan tugatilgan. Magʻlub davlat aholisi — Yu. liklarning katta qismi Ili va Fargʻona vodiysi orqali hoz. Afgʻoniston tomonga koʻchib borgan. Yangi joyda ular oʻz davlatlarini tashkil etib qoʻshni hududlarni egallab olishgan. Xitoy manbalarida bu davlat Ulugʻ yuyechji (Dayuyechji) davlati deb nomlangan. Asl maskanlari — Dashtiota (Dunxuan) bilan Chilanshan, qolganlari esa «Kichik yuyechji» («Syao yueji») deb atalgan. Xitoy manbalarida Baqtriya, Kushon, Eftaliylar davlatlarini «ulugʻ Yuyechji lar» barpo etganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar ulugʻ Yuyechjilarni toxarlar deb atashadi. Baqtriyani egallagan ulugʻ Yuyechjilar bu hududni quyidagi 5 yobgʻulik (jabgʻulik)ka boʻlib idora etishgan. Bular xitoy tilida shunday atalgan: 1) Vaxan (Syumi), markazi — Moʻcheng shahri;
2) Shuangmi (Syamaka), markazi — Shuangmi shahri;
3) Kushon (Guyshuang), markazi — Kandut (Xutsao) shahri; 4) Parvan (Sidun), markazi — Bichju shahri;
5) Dumi yobgʻuligi. Yuz yil oʻtgach, Kushon yobgʻuligi 5 yobgʻulikni birlashtirib Kushon podsholigita asos solgan. Xitoy manbalarida bu davlat «Ulugʻ Yuyechji davlati» deb atalgan.
Xitoy manbalarida dastlab hunlar tomonidan qayd etilgan «ulugʻ Yuyechji» atamasi, qadimiy oʻqilishi jihatidan «ulugʻ get qabilasi», «mahogetqabilasi», yaʼni «massaget qabilasi»ga mos keladi.
Abdulahad Xoʻjayev, Abduxoliq Aytboyev.