YUZ YILLIK URUSH

YUZ YILLIK URUSH (13371453) — Angliya va Fransiya oʻrtasida Giyen (12-asrdan inglizlar mulki), Normandiya, Anju (inglizlar tomonidan 13-asrda qoʻldan boy berilgan), Flandriya uchun boʻlgan urush. Angliya qiroli Eduard III (Fransiya qiroli Filipp IV ning nevarasi) ning Fransiya taxtini daʼvo qilishi bahona boʻlgan. Angliya Sleyse (1340), Kresi (1346), Puatye (1356) yaqinidagi janglarda gʻolib chiqqan. 1360 yil Bretanda tuzilgan bitim Fransiyaning kattagina hududi Angliyaga oʻtganligini tasdiqladi. 14-asrning 70-y. larida inglizlarning deyarli hammasi Fransiyadan haydab chiqarildi. Biroq Azenkur yaqinidagi gʻalabadan soʻng (1415) inglizlar burgundiyaliklar bilan hamkorlikda Fransiyaning shim. ni bosib olgan. Ingliz bosqinchilariga qarshi xalq kurashiga Janna DʻArk rahbarlik qilgan. Uning boshchiligida fransuz qoʻshinlari 1429-yil Orlean qamalini yorib oʻtgan. Yuz yillik urush inglizlarning Bordoda soʻzsiz taslim boʻlishlari bilan tugagan (1453). Angliya Fransiya hududida faqat Kale shahrinigina qoʻlda tutib qolgan (1558-yilgacha). Yuz yillik urush markazlashgan fransuz davlatining qaror topishida muhim bosqich boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: YUZ YILLIK URUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
JANNA DʻARK
YAPONIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты