YUMORESKA

YUMORESKA (yumor soʻzidan) — hazilomuz, kichik hajmli, odatda, cholgʻu pyesa; skersota yaqin. Musiqada Yumoreska nomini R. Shuman ilk bor qoʻllagan (fortepiano uchun Yumoreska, 1839; fortepiano triosi uchun Yumoreska, 1842). Mazkur Yumoreskalar (nemis yozuvchisi Jan Pol asarlarida boʻlgani kabi) xayolchan, lirik va hazilchan lavhalardan tashkil topgan. E. Grig, A. Dvorjak, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, R. Shchedrin, Oʻzbekistonda V. Saparov (fagot va fortepiano uchun), Hab. Rahimov (puflama sozlar orkestri uchun) va boshqalar Yumoreska yozishgan.


Lotin alifbosida maqola: YUMORESKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
MUSIQA CHOLGʻU ASBOBLARI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты