YUNUSXON MAQBARASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr); Islom universiteti hududida joylashgan. Toshkent hokimi Yunusxon vafoti (1487) dan soʻng Shayxontohur qabristonida Yunusxonning oʻgʻli Ahmadxon (Olachaxon) tomonidan qurdirilgan deb taxmin etiladi, qurilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. Maqbara toʻrtburchak tarhli (21,2×22 m), peshtoqgumbazli, katta xona (7×7 m), ikki yonida qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Binoning tashqi gumbazi, peshtoq ravogʻi (19-asr da) buzilib ketgan, bezaklari saklanmagan, bino bir necha marta taʼmirlangan. Xonaqohning ichki qismiga ganchkori naqshlar, muqarnaslar ishlangan. 1970y. larning oxirida Yunusxon maqbarasining vayron boʻlgan qismlari tiklandi; 1999—2005-yillarda taʼmirlandi.