YUSUFBEKOV Nodirbek Rustambekovich

YUSUFBEKOV Nodirbek Rustambekovich (1940.7.1, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari d-ri (1971), prof. (1973). Toshkent politexnika intini tugatgan (1962), shu intda assistent kimyotexnologiya jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomat lashtirish kafed rasi mudiri (1966-yildan). Toshkent mashinasozlik instituti rektori (1989 — 91), Toshkent texnika un-ti rektori (1991—92), Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi (1992— 94), «Oʻzkimyosanoat» boshqaruvi raisi (1994—2001), Toshkent kimyotexnologiya instituti rektori (2001 — 2003). «Kimyoviy texnologiya: nazorat va boshqaruv» jur. bosh muharriri (2005-yildan). Ilmiy ishlari kimyotexnologiya jarayonlarida oʻlchash texnikasi, uning usullari va asbobsozlikni rivojlantirishga oid. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

As: Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari (hamkorlikda), T., 2003; Optimallashtirishga kirish (xamkorlikda), T., 2004.


Lotin alifbosida maqola: YUSUFBEKOV Nodirbek Rustambekovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BERUNIY
YAPONIYA
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты