YUSUFIY

YUSUFIY (taxallusi; asl nomi Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Hiraviy) (15-asr oxiri, Hirot — 1544, Hindiston) — forsigoʻy shoir, lugʻatshunos, tabib. Tabobat ilmini otasidan oʻrgangan; Zahiriddin Boburning xos tabibi boʻlgan. Tibbiy, adabiyfalsafiy mazmundagi 20 dan ortiq nasriy va nazmiy asarlar muallifi; ulardan 12 tasining qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. «Jomi ulfavoyid» («Foydalar toʻplami», 1512), «Bahr uljavohir» («Gavharlar dengizi»), «Favoyid ulaxyor» («Yaxshilarga foydalar»), «Daloyili nabz» («Tomir koʻrsatishlari»), «Qasida dar hifzi sihhat» («Sogʻliqni saqlash haqida qasida»), «Ayn ulhayot» («Hayot mohiyati»), shuningdek, arabchaforscha, hindiychaforscha ilmiy lugʻatlar tarzida yaratilgan asarlari shu jumladandir. Yusufiyning qasida, masnaviy, qitʼa va ruboiylardan iborat «Jomiul-favoyid» asari xalq orasida «Tibbi Yusufiy» nomi bilan shuhrat qozongan. Asar Yu. ning tabobat sohasidagi shaxsiy tajribalari hamda ustozlaridan olgan bilimlarga suyanib yozilgan va unda murakkab dorilar, kasallik alomatlari va davolash qoidausullari bayon qilingan. Ushbu asar 2-marta (1882, Xorazm — Mulla Muhammad Amin; 1898, Toshkent — Muhammad shoh ibn shoh Fayzullo) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Yusufiyning «Munojot dar talabi ishq va muhabbat» («Ishq va muhabbat istagida qilingan munojot»), «Anvor ulhikmat» («Hikmat nurlari») asarlarida hayotiy masalalarga oid nasihatlar, falsafiy fikrlar bayon qilingan.

Ad.: Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I., Oʻrtaosiyolik qirq olim, T., 1961.


Lotin alifbosida maqola: YUSUFIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA
HINDISTON
SOGʻLIQNI SAQLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты