YUQORI YANA TIZMASI

YUQORI YANA TIZMASI, Verxoyana tizmasi — Sibir shim. sharqidagi togʻ sistemasi. Saxa Respublikasi hududida. Lena va Aldan, Omoloy, Yana va Indigirka havzalarining suvayirgʻichi boʻlib xizmat qiladi. Yu. Ya. t. Lena daryosi deltasidan Tompo daryosigacha (Aldanning oʻng irmogʻi) qariyb 1200 km ga choʻzilgan. Eng 100 —250 km. Shim. da oʻrtacha bal. 1000 m, eng baland joyi 2389 m. Gʻarbiy yon bagʻri tik va qisqa, sharqiy yon bagri qiya. Yuqori Yana Tizmasining shim. qismi va yon bagʻirlarining yuqori qismlari togʻ tundra oʻsimliklari, quyirogʻi pakana kedr hamda tilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Oltin, qalay konlari bor.


Lotin alifbosida maqola: YUQORI YANA TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
SIBIR
POMIR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты