ERGASHEVA Maʼmura Zokirjonovna

ERGASHEVA Maʼmura Zokirjonovna (1951.25.1, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalqartisti (1983). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1969), Toshkent chet tillar instituti (fransuz boʻlimi)ni tugatgan (1977). 1969-yildan «Bahor» ansamblida raqqosa, baletmeyster, 1990-yildan ansamblning badiiy rahbari. Ergasheva repertuaridan jahon xalqlari raqslari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy raqslari keng oʻrin olgan: «Gulsara», «Nozanin», «Munojot», «Larzon», «Lazgi», «Tanavor», «Arabcha», «Yaponcha», «Ispancha», «Kuba raqsi», «Eroncha», «Afgʻoncha», «Fargʻona ruboiysi», «Rohat», «Pilla», «Mustafo», «Alvido, Tokio», «Oʻn sakkiz yoshimda», «Oʻrik gullaganda» va boshqalar shular jumlasidan. Baletmeyster sifatida «Navroʻzi ajam», «Figʻonkim», «Sumalak», «Oʻzbekiston makonim», «Tavois», «Bahor nashidasi» singari raqslarni sahnalashtirgan. Respublikada oʻtkaziladigan katta bayramlar («Navroʻz», «Mustaqillik» va boshqalar) da bosh baletmeyster sifatida faoliyat koʻrsatib keladi. «Oʻzbektelefilm» tomonidan «Maʼmura Ergasheva raqsga tushadi» nomli videofilm ishlangan (1985). «Mehnat shuhrati» ordeni (1999), «Shuhrat» medali (1998) bilan mukofotlangan.


Lotin alifbosida maqola: ERGASHEVA Maʼmura Zokirjonovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sardor Mamadaliyev - Lazgi
San'at Jalilov - Bobo
YAPONIYA
KUBA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты