ZAYD ibn SOBIT

ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Sayd) Zayd ibn Sobit ibn az Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 615-taxm. 665) — Muhammad (sav)ning kotibi, Qurʼonning yozma matnini jamlovchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirdi, Muhammad (sav) xuzurida Qurʼonni oʻrgandi va yod oldi. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylandi. Oromiy (suryoniy) xamda yaxudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad (sav) vafotidan soʻng xalifa Abu Bakr as-Siddiq unga Qurʼon matnini jam qilishni buyurdi. Xalifa Usmon ibn Affon davrida (650-y. dan soʻng) unga uch makkalik (Abdulloh ibn az-Zubayr, Saʼd ibn al-Asom, Abdurahmon ibn alHoris) bilan birga Qurʼonning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan. Tuzilgan bu toʻplam «Musʼhaf», «Usmon musʼhafi» nomi bilan yuritilgan. Uni xalifa Usmon birdan-bir toʻgri va barcha musulmonlar oʻqishi uchun majburiy matn, deb eʼlon qilgan. Undan farq qiladigan toʻplamlarning barchasini yoʻqotish haqida buyruq bergan. 3. S, shuningdek, mol-mulkni taqsimlash qoidalari (faroiz) bilimdoni, hazrat Umar davrida qabilalar devonini tuzuvchilardan biri, xalifa Usmon davrida Madinada xalifaning xazinaboni boʻlgan va qozilik qilgan.


Lotin alifbosida maqola: ZAYD ibn SOBIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi etnik tarkibini mahalliy yozma manbalarda aks etishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты