ZAYDON

ZAYDON Jurji (1861.14.12, Bayrut — 1914.21.8, Qohira) — arab yozuvchisi, publitsist va olimi. Bayrutdagi tibbiyot kollejida oʻqigan (1881—82). 19-a. 80-y. larida Misrga koʻchib kelib, «Al-Hilol» jur. (1892)ni tashkil qilgan. 3. yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U «Islom tarixidan qissalar turkumi»ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi («Gʻassonlik qiz», 1895 — 96; «Horun ar-Rashidning singlisi», 1906; «Fargʻona kelini», 1907—08 va b.). Mazkur romanlarda 7—13-a. larda roʻy bergan tarixiy voqealar bayon qilingan. «Fargʻona kelini» romanidagi voqealar Markaziy Osiyoda arablar istilosi davri (7-a. oxiri va 8-a. boshlari)da roʻy bergan. «Mamluklar zulmi», (1893) romani tarixiy mavzuda, «Usmonli turklar davlat toʻntarishi» (1911) romanida esa muallif oʻzi yashagan davrdagi voqealarni qalamga olgan. 3. koʻpgina ilmiy asarlar muallifi: «Islom madaniyati tarixi» (1902—06); «Arab tili tarixi» (1904); «Arab adabiyoti tarixi» (1911 — 14) va b. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Fargʻona kelini», 1971).


Lotin alifbosida maqola: ZAYDON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты