ERKIN IKTISODIY ZONALAR

ERKIN IKTISODIY ZONALAR — davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iktisodiy zonalar koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.

Erkin iktisodiy zonalarda alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iktisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.

Erkin iktisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iktisodiy zonalar tarixi mil. boshlariga borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini «erkin savdo shaharlari» deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.

Erkin iktisodiy zonalar z ning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQSHda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki Erkin iktisodiy zonalar lardan biri Irlandiyada «Shennon» aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi «DogAylend» aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iktisodiy zonalar z,lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud «Shenjen» va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iktisodiy zonalarlar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iktisodiy zonalarga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iktisodiy zonalarlar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk — Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi «Yantar» E. i. z. lari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iktisodiy zonalar mavjud.

Oʻzbekistonda Erkin iktisodiy zonalar gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25 apr. da mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida» qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriyhuquqiy asos yaratdi.

Nurislom Toʻxliyev.


Lotin alifbosida maqola: ERKIN IKTISODIY ZONALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты