ZALSBURG

ZALSBURG (nem. Salz—tuz va burg — shahar) — Avstriyaning markaziy qismidagi shahar. Zalsax daryosining har ikki sohilida, 1300—2000 m baland likda, Zalsburg soyligida joylashgan. Zalsburg yerining maʼmuriy markazi. Axrlisi 144,2 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, oziqovqat, mashinasozlik, poligrafiya, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi; marmar qayta ishlanadi. 3. oʻrnida qadimda keltlar yashagan, rimliklar Zalsburgni Yuvavum deb atagan. 11—12a. lardan 3. atrofidan koʻplab tuz qazib olina boshlagan. 1805-y. dan 3. Avstriya, 1810-y. dan Bavariya, 1815-y. dan yana Avstriya tarkibida. Zalsburgda V. Motsart tugʻilgan uy, Karolina Avgusta muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan eski shahar qismida (daryoning chap sohili) barokko uslubidagi sobor (1611—28), arxiyepiskop qarorgohi (1120), cherkovlar va b. sakdangan. Yangi zamonaviy binolar daryoning oʻng sohilida joylashgan. Festivallar uyida musiqa va teatr sanʼatining xalqaro festivallari boʻlib turadi. Turizm markazi. Unt bor.


Lotin alifbosida maqola: ZALSBURG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AVSTRIYA
FRANSIYA
XITOY
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты