ZARYADLI ZARRALAR HISOBLAGICHLARI

ZARYADLI ZARRALAR HISOBLAGICHLARI — zaryadli zarralar (elektron, proton va b.)ni qayd qilish va ularning energiyasini aniqlash uchun ishlatiladigan fizik qurilmalar. Ularning ishi zaryadli zarralarning modda atomlari bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan.

3. z. h. ning bir necha xillari mavjud: ionlash xisoblagichi (ionlash kamerasi), mutanosib (proporsional) hisoblagich, Geyger — Myuller hisoblagichi, Cherenkov hisoblagichi, ssintillyatsiyey hisoblagich, yarimoʻtkazgichli hisoblagich, kristall hisoblagich va b. Ionlash hisoblagichining ishi gaz razryadiga asoslangan. Bunday hisoblagichlar ikki elektrodli yopiq idishdan iborat. Idish inert gazlar, vodorod, azot yoki gaz aralashmalari, jumladan uglevodorodlar b-n toʻldiriladi. Elektrodlarga tok manbai ulanib, elektr maydoni hosil qilinganda musbat va manfiy ionlar elektrodlarga tortiladi. Hisoblagichdan oʻtgan zaryadli zarralar zanjirda impulslar hosil qiladi. Rasmda zaryadli zarralarni qayd qilishning umumiy prinsipi koʻrsatilgan (yana q. Ionlash kamerasi). Mutanosib hisob l agich ning ishi ham gaz razryadiga asoslangan. Unda zanjirdagi tok amplitudasi qayd qilinayotgan zaryadli zarralar energiyasiga mutanosib boʻladi. Hisoblagich elektrodlaridan biri, koʻpincha, silindr shaklida boʻlib, ikkinchi elektrod — silindr oʻqi boʻylab tortilgan ingichka simdir. Metall silindr — katod, sim esa anod vazifasini oʻtaydi. Anod — katod potensiallari farqi 900—1000 V boʻlganda birlamchi ionlanish natijasida hosil boʻladigan erkin elektronlarning tezligi elektr maydoni taʼsirida ortib, ionlar hosil kila oladi. Bu hodisa gaz kuchaytirishi deyiladi. Potetsiallar farqi ortgan sari elektr impulsi amplitudasi xam ortadi, erkin elektronlar katta tezlikka erishadi va, oʻz navbatida, gaz atomlarini ionlarga ajrata oladi. Ionlanish ketmaket takrorlanib, jala razryadi (elektronlar jalasi — mustaqil boʻlmagan razryad) roʻy beradi. Ionlar schyotchik elektrodiga borib yetganidan keyin elektr razryadi soʻnadi. Yarimoʻtkazgichli hisoblagich (detektor) — zaryadli zarralar va gammanurlarni qayd qilish va ularning energiyasini oʻlchaydigan asbob. Koʻpincha, kremniy yoki germaniy monokristallidan plastinka koʻrinishida tayyorlanadi. Zaryadli zarralar plastinkaga tushganda, muvozanat holatda boʻlmagan zaryad tashuvchilar jufti, yaʼni elektronkovak jufti hosil qiladi. Tashqi elektr maydon taʼsirida elektron va kovak elektrodlarga tomon siljiydi, natijada tashki zanjirda elektr impulsi hosil boʻladi. Bu impuls radiotexnik qurilmalar yordamida qayd qilinadi. Kristall hisoblagich — dielektr kristallarda hosil boʻlayotgan zarralarni qayd qiluvchi asbob. Dielektrik monokristall (odatda, olmos yoki kadmiy sulfid kristallari)dan tayyorlanadi. Bulardan tashkari, Vilson kamerasi, diffuzion kamera, katlamli fotografik emulsiya va b. ham zaryadli zarralarni qayd qiladigan hisoblagichlar hisoblanadi.

Rahim Bekjonov.


Lotin alifbosida maqola: ZARYADLI ZARRALAR HISOBLAGICHLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELEMENTAR ZARRALAR
IMPULSLAR TEXNIKASI
YER
INERT GAZLAR
ELEKTRONIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты