ESHONXOʻJAYEV

ESHONXOʻJAYEV Usmonxon (1899. 14.10, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi. Andijon rus-tuzem maktabi (1909— 13), erlar gimnaziyasi va Moskvada Kommunistik un-t (1920), Qizil professorlar instituti (1925 — 30)da oʻqigan. Turkiston ASSR Maorif xalq komissari (1921—22). 1922 yil iyuldan u Turkiston Kompartiyasi MK matbuot sektori boshligʻi, tashviqot va targʻibot boʻlimi mudirining oʻrinbosari va boʻlim mudiri, «Turkiston» va «Qizil bayroq» hamda «Inqilob» va «Bilim oʻchogʻi» jur. larining muharriri. Eshonxoʻjayev keyinchalik SSSRning turli joylarida partiya ishlarida ishlagan.

Eshonxoʻjayev Qozon shahrida qamoqqa olinib (1937-yil 15 avg.), Toshkentga joʻnatilgan. Unga Moskvadagi oʻzbek talabalari oʻrtasida sovetlarga qarshi millatchi yoshlar tashkilotini tuzganlik va rahbarlik qilganlik, Fayzulla Xoʻjayev, Sultonbek Xoʻjayev, Turor Risqulov, Abdulla Rahimbekov boshchiligida sovetlarga qarshi birlashgan Markaz bilan aloqa bogʻlaganlik kabi ayblar qoʻyilgan va otishga hukm qilingan (1938-yil 4-oktyabr). 1957-yilda oqlangan. Andijon viloyati oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti Eshonxoʻjayev nomi bilan ataladi.


Lotin alifbosida maqola: ESHONXOʻJAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
JADIDCHILIK
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты