FANTASTIKA

FANTASTIKA (yun. phantastike — xayolan tasvirlash sanʼati) — badiiy sanʼat turi. Fantastika realizm va naturalizm yoʻnalishidagi sanʼat, adabiyotlarning aksi. Ayrim oʻrinda Fantastika realizm bilan ham koʻshilib ketadi. Fantastikaning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda koʻrinadi. Inson tasavvurida hayron qoldirarli xayoliy obrazlar va hodisalar, toʻqima holatlar, ajoyibotlar olami badiiy asarda voqelikka, hayot haqiqatiga qaramaqarshi qoʻyib tasvirlanadi. Fantastikaning adabiyot, sanʼatning boshqa tur va janrlaridan farqi shuki, uning tasvir sohasi amalda mavjud boʻlgan hayot emas, balki turmush haqidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqadigan hayotdir. Shuning uchun hamma narsa va hodisalar jiddiy oʻzgargan, boʻrttirilgan, taajjublantiradigan darajada boʻladi. Fantastikaning maqsad va vazifalari fakat inson orzusini emas, balki kelajakda kutiladigan xatardan ogoh qilish, estetik zavq berish hamdir. Fantastika koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Lof, latifalar va dostonlarda Fantastikani oʻta boʻrttirilgan shaklda kuzatish mumkin («Alpomish», «Goʻroʻgʻli», «Manas» va b.). Gomerning «Iliada» dostoni, M. Servantesning «Don Kixot» asari, F. Rablening «Gargantyua yoki Pantagryuel» hajviy asari, J. Sviftning «Gulliverning sayohati», A. Dantening «Ilohiy komediya»si, M. Tvenning «Tom Soyerning sarguzashtlari», Gyotening «Faust», M. Bulgakovning «Ityurak» va b. asarlari Fantastika yoʻnalishining ajoyib namunalari sanaladi. K. Chukovskiyning ertaklari, A. Kazansevning «Yonuvchi orol», A. Grinning «Alvon yelkanlar» asarlari, X. K. Andersenning ertaklari ham kattalarga va bolalarga moye Fantastika janrida yozilgan. Hoz. zamon chet el badiiy Fantastika sining namoyandalari sifatida yaponiyalik Kabo Abe, amerikalik Ayzek Azimovni, polshalik Stanislav Lem va b. ni koʻrsatish mumkin. Fantastika nafaqat adabiyotni, balki faylasuflarning yirik ijodiyotini ham tashkil qiladi. Fantastikada obrazlar koʻp hollarda yaxlit mazmunda boʻlsa, yana ayrim oʻrinlarda ramziy maʼno kasb etadi. Hoz. zamon oʻzbek adabiyotida T. Malikning «Hikmat afandining oʻlimi», T. Hobilovning «Oyga safar», X. Toʻxtaboyevning «Sariq devni minib», «Sariq devning oʻlimi», X. Shayxovning «Rene jumbogʻi» asarlari Fantastika janrida yaratilgan. Fantastika badiiy adabiyotdan tashqari folklorda, falsafiy utopiyada, kino va teatrda, tasviriy sanʼatda ham mubolagʻali boʻrttirish bilan aks ettiriladi. Fantastika syujet qurilmalari va ramziy maʼnolarda ifodalanar ekan, muallifning yoki bir davrning dunyoqarashi, turmush tarzi va undagi muammolar moʻjizali, gʻayritabiiy shaklda tasvirlanadi.

19—20-a. larda ilmiy Fantastika taraqqiy etdi. Ilmiy Fantastikaning asosiy vazifasi — kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat. Asosiy tasvir usuli — fikriy eksperiment (tajriba). 20-a. da ilmiy Fantastikaning ravnaqi jamiyat taraqqiyotida fan va texnikaning tobora oʻsib berayotganligi bilan bogʻliq. Shartli ravishda ijtimoiy upotiya va «antiutopiya» janrlari, falsafiy, «maishiy», yumoristik, «texnik» janrlar farqlanadi. Ilmiy Fantastika umumadabiy va oʻziga xos tasviriy vositalardan foydalanadi.

Ilmiy Fantastikaning asoschilari — F. Bekon (16-a.), Berjerak, F. Gadvin (17 — 18-a. lar). 19-a. da fransuz fantasti J. Vern shuhrat topdi. Uning «Ajoyib sayohatlar» turkum romanlaridan «Kapitan Grantning bolalari», «Yer yuzi boʻylab 80 kunlik sayohat», «Kapitan Gatterasning sarguzashtlari» keng tarqalgan. Ingliz yozuvchisi G. Uells «Zamon mashinasi», «Koʻzga koʻrinmas odam», «Dunyolar kurashi» romanlarida ilmiyfantastik vosita bilan katta ijtimoiy masalalarni oʻrtaga qoʻygan. Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida ilmiy Fantastika mavzui qad. zamonlardan beri salmokli oʻrinni egallab kelgan. «Ming bir kecha» turkumiga kirgan hikoyalarda, oʻzbek fantastik ertaklarida ilmiy Fantastikaga xos xususiyatlar mavjud. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi «oynai jahonnoma» haqidagi epizodlar, «Saddi Iskandariy»dagi Mallu tilsimiga qarshi kurash bobi ilmiy Fantastikaning yaxshi namunalaridir. Hoz. zamon oʻzbek adabiyotida ilmiy Fantastikaga xos yoʻnalish koʻproq hikoya va ocherklarda koʻrinmoqda.

Ad.: Kagarliskiy Yu. Sh., Gerbert Uells, M., 1963; Ilenkov E. V., Ob esteticheskoy prirode fantazii, v sb.: Voprosы estetiki, vыp. 6, M., 1964.

Shukur Jabborov.


Lotin alifbosida maqola: FANTASTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
RANG-TASVIR
AMALIY SANʼAT
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты