FARZANDLIKKA OLISH

FARZANDLIKKA OLISH — ota ona sining homiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga olish va farzandlikka olinuvchi bilan farzandlikka oluvchi oʻrtasidagi, otaona bilan bolalar oʻrtasidagi mavjud huquqiy (shaxsiy va mulkiy) munosabatlarni belgilash. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida otaona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar, ayni vaqtda, faqat voyaga yetmagan bolalarnigina ularning manfaatlarini koʻzlab farzandlikka olinishi koʻrsatilgan. Farzandlikka olish bolani Farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi (xalq taʼlimi, sogliqni saklash, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, vasiylik va xomiylik organlari) tavsiyasiga koʻra, tuman (shahar) hokimi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-y. 12 apr. dagi 171sonli karori bilan tasdiklangan «Fukarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari»da belgilanishicha, FXDYO organi qabul qilingan hujjatlar asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartishlarni kiritadi va tugʻilganlik haqida yangi guvohnoma beradi. Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi qayd etilgan daftarga uning otaonasi deb yozilishi kerak. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartirilishi mumkin. Agar bola 10 yoshdan oshmagan boʻlsa, tugʻilgan joyi ham Oʻzbekiston Respublikasi doirasida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin. Quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchilar boʻlmaydilar; otaonalik huquqidan mahrum qilingan yoki otaonalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar; farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar; qasddan sodir qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar. Qonun oʻgay ota va oʻgay ona tomonidan Farzandlikka olish hollaridan tashqari holatlarda farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam boʻlmasligini shart qilib qoʻyadi. Farzandlikka olinuvchining qarindoshlari, farzandlikka olinuvchi oilasida yashayotgan shaxs, akauka, opasingillarni ular oʻrtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar, oʻgay ota va oʻgay ona, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga egadirlar. Qoida tariqasida, 10 yoshga toʻlgan bolani Farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi tomonidan anikdanadi. Bolani Farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola otaonasining roziligi talab etiladi. Ammo quyidagi hollarda otaonaning roziligisiz Farzandlikka olishga yoʻl qoʻyiladi: otaonaning kimligi nomaʼlum boʻlsa; otaona otaonalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa; otaona muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa; otaona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan boʻlsa. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi. Ayni vaqtda farzandlikka olinganlar va ularning otaonasi (shuningdek, qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yoʻqotadilar xamda oʻzaro majburiyatlardan ozod boʻladilar. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish tegishli ravishda jinoiy javobgarlikka olib keladi. Shoira Yoʻldosheva.


Lotin alifbosida maqola: FARZANDLIKKA OLISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
ALIMENT
HOMIYLIK
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты