ZUNNOR (arab. — chilvir) — charmdan yasalgan maxsus kamar, belbogʻ. Arab xa-lifaligi davrida musulmon davlati hududida yashab, boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar — zimmiy (asosan yahudiy va xristian) lar musulmon emasligining belgisi sifatida 3. ni majburan taqishgan. Bu holat shariatda qonunlashtirilgan. Bu qoida Buxoro amirligida yahudiylarga nisbatan ham qoʻllanilgan. 19-a. ning 60-y. laridan barham topdi.