ZUTNER (Suttner) Berta fon (asl fam. Kinskaya) (1843.9.6, Praga — 1914.21.6, Vena) — Avstriya adibasi, jamoat arbobi. Harbiy oilada tugʻilgan. Gruziyada yashagan (1876—85). Shu yerda adabiy faoliyati boshlangan. «Bir qalb qomusi» (1883) asarini Onlot taxallusi b-n eʼlon qiladi. 3. Venaga qaytgach, Tinchlik jamoati tuzadi (1891), zamonasining koʻzga koʻringan jamoat arboblari, mashhur yozuvchilari bilan aloqa oʻrnatadi. «Vaffen nuder!» («Die Watten nieder!», 1892—99) jur. nashr etgan. «Yoʻqolsin qurol» (1889), «Martaning bolalari» (1902) roman larini, «Yozuvchining ishqiy sarguzashtlari» (1888), «Azobkor shoh» (1899) asarlari hamda «Urush va unga qarshi kurash» (1904), «Xotiralar» (1908) toʻplamlarining muallifi. Urushga qarshi faoliyati uchun Nobel mukofoti laureati (1905) boʻlgan.