ZOʻRLIK — jinoyat huquqida qoʻllaniladigan tushuncha; Oʻzbekiston Konstitutsiyasida kafolatlangan shaxsiy daxlsizlikning buzilishiga sabab boʻladigan, bir shaxsning 2-shaxsga nisbatan jismoniy yoki ruhiy taʼsir oʻtkazishi. Jinoyat qonuniga binoan tegishli jazo koʻzda tutilgan bir qancha jinoyatlar (mas, qasddan odam oʻldirish, qasddan badanga shikayet yetkazish, nomusga te-gish, bosqinchilik, talonchilik va h. k.) 3. ishlatish orqali sodir etiladi. Jismoniy 3. kishi badaniga bevosita taʼsir etishda, ruhiy 3. badanga muayyan taʼsir qilish bilan qoʻrqitishda ifodalanadi. 3. faqat jabrlanuvchining oʻziga nisbatan emas, yaqin kishilariga nisbatan ham ishlatilishi yoki 3. ishlatish bilan qoʻrqitib, sodir etilishi mumkin. Oʻta shafqatsizlik bilan sodir etilgan 3. jazoni ogʻirlashtiruvchi holat hisoblanadi, ayrim hollarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sanaladi (mas, oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 97-modda) yoki oʻta shafqatsizlik bilan badanga ogʻir shikayet yetkazish (104-modda).