GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan birga Gazeta tovar — moddiy mahsulot ham hisoblanadi. Gazeta hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan koʻp boʻlishi mumkin.

Gazeta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazadi va shu yoʻl bilan oʻz oʻquvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo boʻlishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlar shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon boʻladi. Huquqiy demokratik jamiyatda Gazeta faoliyati tegishli qonunchilik asosida kechadi. U oʻzi tarqatayotgan axborotning xolis va haqqoniyligi uchun qonun oldida javobgar hisoblanadi, xalq maʼnaviy qudratini yuksaltirishga, omma ijtimoiy ongini rivojlantirishga koʻmaklashadi, hokimiyat bilan jamiyat oʻrtasida xolis vositachi vazifasini oʻtaydi. Jamiyat va xalq nomidan boshqaruv idoralarining faoliyatini nazorat ostiga oladi. Demokratik jamiyatda kafolatlangan siyosiy erkinliklar, jumladan matbuot erkinligi G. faoliyatining samarali boʻlishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Avtoritarizm va totalitar tuzum sharoitida esa Gazeta bunday imkoniyatdan amalda mahrumdir.

Gazetada turli janr va uslublardan, ayniqsa axborot va b. publitsistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi; sharu,, suhbat (intervyu), taqriz va b. vositasida voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi; maqola, obzorlar va sharxlarda voqelik tahlil qilinadi; bulardan tashqari G. da lavha, ocherk, pamflet, felyeton kabi publitsistik janrlardan ham foydalaniladi; shuningdek unda gazetxon-larning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar, chizma va fotosuratlar bosiladi. Gazetani bezatish oʻziga xos boʻlib, bu avvalo Gazeta mazmunini gazetxonga qiziqarli va ommabop tarzda yetkazish, muhim xabar va fikrlarga ularning eʼtiborini jalb etishga qaratiladi. Gazeta faoliyati bosh muharrir, boʻlimlar mudirlari, turli yoʻnalishdagi muxbirlar (reportyor, sharhlovchi va b.) dan iborat tahririyat tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Koʻpgina Gazeta larning maxsus muxbirlari, mamlakatning ichida vaxorijiy davlatlarda oʻz muxbirlari boʻladi. Gazetalar faks, «Internet» tizimi, telefon va teleks vositalari orqali dunyoning turli chekkalaridan zud ax-borotlarni olib turadi.

Gazetaning ibtidoiy turi dastlab Rim-da — mil. av. 1-a. da (varaka va byulletiyeklar shaklida), Xitoyda 7-a. da («Di bao» — «Poytaxt axboroti» nomi b-n) chiqqan. Hoz. gazetalarning dastlabki turlari 16—17-a. larda Yevropada paydo boʻlgan. Ular xususiy shaxslar, ak-sariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari tomonidan nashr qilingan. Ilk Gazetalar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada boʻlgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, ti-jorat xabarlari bosilgan. 16-a. da Venetsiyada yozma axborotlar uchun «gazetta» degan chaqa pul toʻlashgan (nomi ham shundan). 1631-y. da Parijda qirol Lyudovik XIII (1586—1653) ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar — Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda «La Gazzette» nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. Hoz. maʼnodagi «gazeta» termini mana shu nashr tashkil qilingach, soʻzlashuvda rayem boʻla boshlagan, degan fikr mavjud.

Gazeta chilik 18-a. dan eʼtiboran, ayniqsa Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH mamlakatlarida taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda koʻplab ijtimoiysiyosiy yoʻnalishdagi kundalik Gazetalar paydo boʻldi. Mazkur davrda tarmoq, yaʼni soha Gazeta lari ham tarkib topdi. Umumsiyosiy nashrlar qatoriga iqtisodiyot, tijorat, ilm-fan, adabiyot, sport va b. sohalarga ixtisoslashgan maxsus Gazetalar qoʻshildi. Gazetalar chiqarish bilan xususiy noshirlardan tashqari turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, firma va kompaniyalar ham shugʻullana boshladi. Shu tariqa Gazetalar turli siyosiy qarashlar, mafkuralar jarchisiga aylana bordi, uning paydo boʻlishi va ravnaq topishida ijtimoiy hayotning faollashuvi, ommada ijtimoiy axborotga ehtiyojning ortishi, savdo, sanoat va maorifning yuksalishi, bosmaxona anjomlari va qogʻoz i. ch. ning rivojlanishi, axborot toʻplash, uni qayta ishlash va tarqatish muassasalari tarmogʻining kengayishi va b. omillar muhim ahamiyat kasb etdi.

Demokratax qadriyatlarning, siyosiy erkinliklarning umumjahon miqyosida eʼtirof qilinishi va jamiyat hayotiga singishi tufayli Gazetalar yoʻnalishi va mazmunida jiddiy oʻzgarish-lar sodir boʻladi. Demokratik rivojlanish yoʻlidan borayotgan mamlakatlarda Gazetalar oʻzlarini shaxe va jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida namoyon etmoqdalar.

Gazeta chilik taraqqiyoti Oʻzbekistonda ham oʻz tarixiga ega. Bu yerda 19-a. ning 70-y. laridan «Turkestanskiye vedomosti» G. sining chiqa boshlashi Turkistonda davriy matbuotning ibtidosi boʻldi. Unda oʻlka tarixi, madaniyati, geogr. si, etnografiyasi, sanoati va b. ga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda oʻzbek tilida «Turkiston viloyaining gazeti» ham nashr etila boshladi. 1917-y. gacha Turkistonda bu ikki Gazetadan tashqari, turli vaktlarda oʻzbekcha va ruscha (baʼzan qirgʻiz va tojik tillarida) 100 dan ortiq Gazetalar chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari — Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Qoʻqon, Andijon, Fargʻona va b. shaharlarda nashr etilgan. Bular vazifasi, davriyligi va b. xususiyatlari jihatidan turlicha edi. 20-a. boshida hoz. Oʻzbekiston hududida taraqqiyparvar oʻzbek maʼrifatchilari tomonidan nashr qilingan T«arakkiy», «Xurshid», «Shuhrat» (1906—07), «Buxoroyi Sharif», «Samarkand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Fargʻona»( 1912—15), «Najot», «Fargʻona nidosi», «Turk eli», «Xurriyat», «El bayrogʻi» (1917—18) kabi Gazetalar milliy gazetachilik tarixida munosib oʻrin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari oʻz ifodasini topgan. Ayniqsa «Taraqqiy» birinchi bor erkinlik, tenglik gʻoyalarini ilgari surdi, jadidlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning maʼnaviy zamini masalasiga katta eʼtibor berdi. Shuning uchun ham OʻzR Oliy Kengashi «Taraqqiy» G. sining 1-soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasini oʻzbek jurnalistlarining kasb bayrami — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi (1993).

Oʻzbekistonda shoʻro tuzumi davrida oʻzbek va b. mahalliy tillarda, shuningdek rus tilida yangi yoʻnalishdagi Gazetalar tizimi tarkib topdi. Bularning barchasi («Sovet Oʻzbekistoni», «Pravda Vostoka», «Haqiqati Oʻzbekiston», «Qishloq haqiqati», «Oʻqituvchilar gazetasi», «Yosh leninchi» va b.) kommunistik mafkura na-zorati ostida nashr etilgan, totalitar tuzum maqsadlariga xizmat qilib, kompartiya xohish-irodasini ifoda etgan. Ularning sahifalarida xalq tarixini soxtalashtiruvchi, milliy qadriyatlarni yerga uruvchi, mamlakatdagi yakka hokimlik siyosatini keng qoʻllabquvvatlovchi, dahriylikni targʻib etuvchi maqolalar koʻplab bosilgan. Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach (1991), G. larga mafkuraviy yakkahokimlik barham topdi. Shundan soʻng mavjud Gazetalar oʻz siyosiy yoʻnalishini, mazmun-mohiyatini tubdan oʻzgartirdi. Ayrimlarining nomi ham oʻzgardi: «Sovet Oʻzbekistoni» — «Oʻzbekiston ovozi», «Haqiqati Oʻzbekiston» — «Ovozi tojik», «Qishloq haqiqati» — «Qishloq hayoti», «Oʻqituvchilar gazetasi» — «Maʼrifat», «Yosh leninchi» — «Turkiston», «Lenin uchquni» — «Tong yulduzi» nomi bilan chiqa boshladi.

OʻzR ning yuridik va jismoniy shaxslari «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi qonun (1997)ga binoan Gazeta

lar taʼsis etish huquqiga ega boʻldi. Oʻzbekistonda tur va xil jihatdan farqlanuvchi keng tarmoqli Gazetalar tizimi tarkib topdi. Ayni paytda OʻzR da 507 nomda (shundan 77 tasi respublika, 162 tasi viloyat, 176 tasi tuman, 45 tasi koʻp nusxali) Gazetalar nashr etiladi. Bularning bir galgi oʻrtacha umumiy adadi qariyb 2,1 mln. nusxadan iborat (2001).

Gazetalar oʻzbek, rus, qozoq, tojik, qoraqalpoq, koreys, ingliz va b. tillarda chiqadi. Oʻzbekistonning yetakchi Gazetasi — «Xalk soʻzi» va «Narodnoye slovo» Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Respublika Vazirlar Mahkamasining nashridir. Bu G. lar haftasiga 5-marta chop etiladi. Oʻzbekistondagi oshkoralik va demokratiya muhitida yuzaga kelgan yangi partiyalar ham oʻz Gazeta larini nashr eta boshladilar (q. «Oʻzbekiston ovozi», «Milliy tiklanish», «Adolat», «Fidokor»). Bundan tashqari turli hukumat idoralari, xalq harakatlari, uyushmalar, jamgʻarmalar muassisligida nashr etilayotgan Gazetalar («Birlik—Yedinstvo», «Xurriyat», «Oʻzbekistan adabiyoti va sanati», «Mulkdor», «Mening mulkim» — «Chastnaya sobstvennost», «Sogʻlom avlod», «Savdogar» va b.) ham chiqadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻplab reklama-tijorat, xususiy Gazetalar paydo boʻldi. «Darakchi», «Tasvir», «Biznesvestnik Vostoka», «EKO», «Sado», «7×7», «Zakovat», «Vostochnыye vesti», «Qizilqum» kabi Gazetalar shular jumlasidandir. Ularning bir galgi adadi 30 mingdan 250 minggacha nusxani, hajmlari 48—64 sahifani («Biznes-vestnik Vostoka», «Solikdar va bojxona xabarnomasi») tashkil qiladi (yana Q. Matbuot, Jurnalistika).

Tohir Pidayev, Jabbor Razzotsov.


Lotin alifbosida maqola: GAZETA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты