GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI

GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI — Nyutonnint klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi bulib 1636-y. da G. Galiley aniqlagan.

Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq ti-zimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galiley nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galiley nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galiley almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (q. Nisbiylik nazariyasi).

Shu sababli Galiley almashtirishlarida yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu tenglama Galiley nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galiley nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar b-n harakatlangan hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda Galiley almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.


Lotin alifbosida maqola: GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
YER
INERSIAL SANOQ SISTEMASI
HARAKAT
MEXANIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты