GANNIBAL

GANNIBAL, Ann i bal Barka (mil. av. taxm. 247 yoki 246, Karfagen — mil. av. 183, Vifiniya) — Karfagen sarkardasi. Gamilʼkar Barkanchnt oʻgʻli. 2-Puni urushi davri (218—201) da Alp togʻlaridan oshib oʻtib, Titsin, Trebbiya daryolari (218), Trazimen koʻli (217), Kanna (216) yaqinida rimliklar ustidan gʻalaba qozongan. Zama (Shim. Afrika) yonidagi jang (202) da Gannibal Rim qoʻshinidan magʻlubiyatga uchragan va Rim shartlari asosida sulh bitimi imzolashga majbur boʻlgan. Urushdan soʻng G. Karfagenni boshkargan. Rimga qarshi yangidan urush ochishga tayyorgarlik koʻrayotganidan Rimdagilar xabardor boʻlib qolganlaridan xavfsiragan Gannibal Suriya podshosi Antiox III huzuriga qochib borib uning harbiy maslahatchisi boʻlgan. Antiox III Rimga qarshi urush (mil. av. 192 — 188)da yengilgach, rimliklar Gannibalni berishni talab qilganlar. G. Armaniston, soʻngra Vifiniyaga yashiringan. Vifiniya podshosi Prusiy Rim tazyiqi ostida Gannibalni ular qoʻliga topshirmoqchi boʻlganidan xabar topgan Gannibal zahar ichib oʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: GANNIBAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HARBIY SANʼAT
XITOY
FRANSIYA
ARMANISTON
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты