FUNKSIYALAR NAZARIYASI

FUNKSIYALAR NAZARIYASI — mat. ning funksiyalar umumiy xossalarini oʻrganuvchi boʻlimi. Funksiyalar nazariyasi haqiqiy oʻzgaruvchining Funksiyalar nazariyasi va kompleks oʻzgaruvchining Funksiyalar nazariyasiga boʻlinadi (q. Analitik funksiya). Haqiqiy oʻzgaruvchining Funksiyalar nazariyasi, oʻz navbatida, metrik, deskriptiv, konstruktiv nazariyalar (q. Konstruktiv matematika) ga boʻlinadi. Deskriptiv nazariya toʻplamlar nazariyasining Yevklid fazosida nuqtali toʻplamlar tuzilishini oʻrganadigan boʻlimidir. Quyida esa funksiyalarning metrik nazariyasi qaraladi. Klassik matematik analiz, asosan, uzluksiz funksiyalar bilan bogʻliq boʻlgan masalalari, shuningdek uzlukli funksiyalarni oʻrganishni taqozo qiladigan turli fizik masalalar va b. matematika fani oldiga uzluksiz funksiyalarga nisbatan umumiyroq funksiyalarni tekshirish masalasini qoʻydi. Funksiyalarning metrik nazariyasiga R. Ber, F. Riss, fransuz matematiklari E. Borel, A. Lebeg, rus matematiklari D. F. Yegorov, N. N. Luzin, KM. Kolmogorov, D. Ye. Menshov, oʻzbek olimlaridan TA Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov va b. katga xissa qoʻshgan.


Lotin alifbosida maqola: FUNKSIYALAR NAZARIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
FIZIKA
FRANSIYA
KONSTRUKTIV MATEMATIKA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты