GAUSS

GAUSS (Gauss) Karl Fridrix (1777.30.4, Braunshveyg – 1855.23.2, Gyottingen sh.) — nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist. 1807-y. dan Gyottingen un-tining prof. va astronomik rasadxona direktori. Algebraning asosiy teoremasini, yaʼni har qanday algebraik tenglamaning kamida bitta ildizi boʻlishini Gauss birinchi boʻlib isbot etgan. Gaussning differensial geometriya, geodeziya, potensiallar nazariyasi, magnetizm, cheksiz qatorlar nazariyasiga oid ilmiy ishlari ham muhim. Gauss noyevklid geometriya bilan ham shugʻullangan. Gaussning sirtlar nazariyasiga doyr kvadratik formalar nazariyasi, sirtni egish natijasida toʻliq egrilikning oʻzgarmay qolishini isbotlaydigan teoremasi mat. taraqqiyotida muhim. V. Veber bilan birga elektromagnit birliklar mutlaq sistemasini yaratdi. Magnit induksiyasi oʻlchov birligi G. nomi bilan ataladi. Gauss 1833-y. da V. Veber bilan birga Germaniyada birinchi boʻlib elektromagnit telegraf qurgan.


Lotin alifbosida maqola: GAUSS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
FIZIKA
GERMANIYA
MAGNETIZM
GEOMETRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты