FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR, apatridlar — muayyan mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaxslar. Shaxs oʻz fuqaroligini yoʻqotgan va yangidan fuqarolik huquqini olmagan vaktda fuqarosizlik kelib chiqadi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soni koʻpayganligi tufayli fuqarosizlikni kamaytirish va Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan bir qancha xalqaro konvensiyalar qabul qilingan (mas, Fuqarosizlikni kamaytirish toʻgʻrisidagi 1961-y. gi konvensiya, Erga tekkan ayolning fuqaroligi toʻgʻrisidagi 1957-y. gi konvensiya).

Oʻzbekistonda Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati Oʻ«zbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi qonun (1992-y. 2 iyul)da oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻxtatilgan, boshqa davlat fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga moʻljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar fuqarolar kabi shaxsiy, ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan teng foydalanadilar, biroq siyosiy huquqlardan foydalana olmaydilar: oliy va mahalliy vakillik organlariga saylana olmaydilar; davlat hokimiyatining boshqaruv organlarida ishlashlari, shuningdek, harbiy xizmatni oʻtashlari mumkin emas.


Lotin alifbosida maqola: FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI
YURIDIK SHAXS
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты