FUQAROLIK HOLATI HUJJATLARI — qonunda belgilangan davlat organlarida qayd etilishi zarur boʻlgan huquqiy dalolatnomalar; ular inson hayotidagi asosiy voqealar b-n bogʻliq boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 38moddasiga koʻra, quyidagi Fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak: tugʻilish; oʻlim; nikoh tuzilganligi; nikoxdan ajralish. Shuningdek, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi fukarolik holatlari yuqoridagi holatlarni belgilovchi hujjatlarga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik holati hujjatlarini shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) boʻlimi yoki mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari roʻyxatga olib boradi. Fuqarolik holatlarini qayd etish yozuvlarini bekor qilish va qayta tiklash FHDYO idoralari tomonidan sud qarorlariga asosan amalga oshiriladi (yana q. Tugʻilganlik haqida guvohnoma, Nikoh, Nikohni bekor qilish).