FYORD

FYORD, fiord (norvegcha — fi ord) — qirgʻoklari tik va baland qoyalardan iborat boʻlgan tor va chuqur dengiz qoʻltiqlari. Fyordning uzunligi enidan bir necha barobar ortiq boʻladi. Baʼzilarining (mas, SogneFyord) uz. 200 km, chuq. 1000 m dan oshadi. Tik kirgoklarining bal. 1500 m ga yetadi. Tubi ham notekis. Koʻpincha Fyordlarni ochiqdengizdan sayozliklar ajratib turadi. Fyordlar toʻrtlamchi davr materik muzliklari faoliyati natijasida, keyinchalik dare vodiylari va tektonik botikdarning dengiz suvi bosishi oqibatida yuzaga kelgan. Fyordlar Norvegiya, Grenlandiya, Chukotka ya. o., Chili qirgʻoqlarida, ayniqsa, keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: FYORD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
CHILI
NORVEGIYA
SHIMOLIY AMERIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты