FYUCHERS

FYUCHERS (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qogʻozlarni hoz. amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish b-n oldisotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda Fyuchers bitimlari tovarni uzilkesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga nakd tovarni gʻamlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish xisobidan fonda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari boʻyicha oldisotdi bitishuvlarini ham Fyuchers deb atash mumkin. Fyuchers to muddati kelguniga kdsar birjalarda maklerlar tomonidan koʻp marta qayta sotiladi va sotib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: FYUCHERS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOND BOZORI
BIRJA
TOSHKENT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты