FYUZELYAJ (frans. suseau — urchuq) — aviasyyada — uchish apparata (vertolyot, gidrosamolyot, samolyot) ning ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilar, yuklar va jihozlar uchun moʻljallangan korpusi. Apparatning qanotlari, dum kanotlari, baʼzan, shassi (tana) va kuch qurilmasini oʻzaro bogʻlab turadi. Asosiy qismlari karkas («sinch», qobirgʻa) va krplamadan iborat. Asosan, suyri (shamol siypab oʻtib ketadigan) shakdda yasaladi. Fyuzelyajning fermali (fazoviy fermadan iborat), balkali (boʻylama va kundalang balkalar, yaʼni lonjeron, stringer va shpangoutlardan iborat) va aralash (odd qismi fermali, orqa qismi balkali va aksincha) xillari boʻladi.
Tovushdan tez uchar samolyotlar Fyuzelyaj ining tumshuq qismi uchli (oʻta suyri) kilib yasaladi. Shunda ularning aerodinamik xossalari yaxshilanadi. Gondolasd dum qanot maxsus balkalarga oʻrnatiladi. Gidrosamolyotning Fyuzelyaji qayiq shaklida yasaladi.