GʻIJJAK

GʻIJJAK — torlikamonli musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, qoraqalpoq, turkmanlarda hamda kamon. kemancha nomi bilan ozarbayjon, arman, gruzin, eron, turk va b. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. Oʻrta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga koʻra uni (gʻipchak nomi b-n) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan, Qulmuhammad Udiy esa Gʻijjakka 3 – torni qoʻshgan. Ungacha 2 simli Gʻijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8—11 tagacha boʻlgan. Gʻijjakning yumaloq choʻmichsimon kosasi oldin qovoq, kokos yongʻogʻidan, hozirda yogʻoch (tut, yongʻoq) gʻoʻlachasidan oʻyib yasaladi va kosasi ogʻziga teri yoki pufak tortiladi. Parda-siz dastasining bir uchiga quloqlar oʻrnatiladi, bir uchi esa kosaxona ustiga joylashadi. Dasta bilan kosaxonaning umumiy uz. 550—900 mm atro-fida. Hozirda Gʻijjakning torlar soni 3—4 boʻlib, kvarta-kvintaga sozlanadi. Ular dastaning yuqori qismida joylashgan shayton xarak va kosaxona ustidagi xarakka yotqiziladi. Umumiy diapazoni 4 oktavadan ortiq. Gʻijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boy, xonaqoiy ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa ansambllarida asosiy oʻrin tutadi. Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida aytilishicha, Gʻijjakni chala bilish barcha saroy sozan dalari uchun shart boʻlgan. Oʻrta asrda Alijon Gʻijjakiy, Xoʻja Oʻzbek Gʻij-jakiy kabi sanʼatkorlar mashhur boʻlgan.

Oʻzbekistonda Gʻ. Ijrochiligining oʻziga xos uslublari, asosan, Andijon, Buxoro va Xorazm anʼanaviy maktablari orqali namoyon boʻlgan. Fargʻona vodiysi hofizlik sanʼati hamda surnay ijrochilik anʼanalari taʼsirida shakllangan Andijon maktabi (T. Jalilov, Gʻ. Hojikulov, E. Roʻziboyev, Yu. Yusupov va b.) mayda urgʻu (aksent)lar, kuy tuzilmalarini uzmasdan chalish yoʻllari, surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi. K. Jabborov, Gʻ. Toshmatov, M. Niyozov, M. Muhammedov ijrosida «Surnay Irogʻi», «Oʻyin Munojoti», «Dugohi Husayniy» hamda «Kezarman» (Gʻ. Toshma-tov), «Gul mavsumi» rov) kabi Gʻijjak kuylari mashhur. Mahalliy musiqa anʼanalari (ay-niqsa, Shashmaqom yoʻllari) negi-zida qaror topgan Buxoro maktabiga Gʻijjakning xuddi titrayot-gan kamonni yurgʻizib sadolanishi, har bir pardani oʻzida toʻlqinlatib (tebranish) tezlashishi xos. Buxoro Gʻijjak chilik maktabi namo-yandalaridan Haydarqul Qorovulbegi (Buxoro amirlari saroylarida xizmat qilgan), 20-a. da Aminjon ismatov, Samo Vohidov, Hikmat Neʼmatov, Oʻlmas Rasulovpar ijrosida «Surnay Irogʻi», «Bahri tavil», «Kamon ufari», «Zulayho», «Noz» (Oʻ. Rasulov) kabi namunalari ommalashgan. Xorazm maktabi ijro uslubi shiddat, kamonni urgu bilan tortish, ayni paytda yumshoq toʻlqinlatish bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan Patak-gʻijjakchi (mashhur Suyav-baxshi das~ tasida faoliyat koʻrsatgan, 19-a.), Abdulla Mijana, Matyoqub Xarra-tov, Ollanazar Hasanov, Hasanboy Atayevlar talqinida Xorazm maqomla-/shning cholgʻu yoʻllari, surnay yoʻllari, shuningdek, «Aliqambar», «Qalabandi», «Xarrotiy» (M. Xarra-tov), «Gech polvon» singari kuylar mashhur.

Gʻijjak yakkanavoz cholgʻu, ayni paytda joʻrnavoz soz sifatida ham keng qoʻllanilmoqda. Turkman, qoraqalpoq, xorazm baxshilari (mas, R. Murodov), Andijonda T. Jalilov, Gʻ. Hojiqulov, S. Toʻxtasinovlar oʻziga xos joʻrnavozlik yoʻllarini yaratishgan, 1970-y. lardan boshlab Gʻijjakni yakkanavoz va milliy cholgʻu ansambli tarkibida alohida koʻrsatish, unda oʻziga xos kuy tuzilmalarini badiha tarzida chalish usullari Abduhoshim Ismoilov, A. Da-dayev va b. ijrosida ommalashgan. zamonaviy texnika vositalari (piitsikato, qisqa choʻzimli tovushlarni ishlatish yoʻllari) keng kirib kelib. polifoniya va polimonodiya xususiyatlaridan foydalanilmoqda.

Gʻijjakning kosaxonasi ustidagi teri sovuq, nam sharoitida choʻkib keti-shi, ingichka simlarining ovozi noqisligi tufayli Oʻzbekiston (ayniq-sa. Andijon)da 19-a. oxiridan Gʻijjak oʻrniga anʼanaviy ansambllar tarkibida skripka ishlatila boshladi. 1940-y. larda Gʻijjakning oʻzbek xalq chol-gʻulari orkestrida ishlatiladigan alt, bas va kontrabas turlari yaratilgan. Mazkur orkestrlar tarkibida Gʻijjak chilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi. Hozir xalq cholgʻu orkestrida Gʻijjak —bas oʻrniga qoʻbiz-bas (yoki violonchel), Gʻ. —kontrabas oʻrniga — kontrabasning oʻzi ishlatiladi.

Ad.: Karomatov F., Uzbekskaya instrumentalnaya muzmka. T., 1972: Vmzgo T., Muzmkalnme instrument! Sredney Azii, M., 1980; To sh muha me dov M., Gʻijjak darsligi, T, 2005.

Oʻlmas Rasulov.


Lotin alifbosida maqola: GʻIJJAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ERON
TOSHKENT
FOROBIY
OZARBAYJON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты