GʻURRAKLAR — kaptarsimonlar turkumiga mansub bir necha tur qushlarning umumiy nomi. Tanasi 14—30 sm. Yaltiramaydi, tomogʻida qora dogʻlar bor. Dumi uzun. Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda bir urugʻga man-sub 4 turi (qumri, oddiy gʻurrak, togʻ gʻurragi, musicha) uchraydi. Daraxt, buta va binolar peshtogʻiga uya yasaydi. Yilda 2—3-marta va undan ham koʻp 2 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini nari va modasi navbat bilan 13—14 kun bosadi. Gʻurraklar, asosan, donlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ov obyekti hisoblanadi.