GʻOʻZA

GʻOʻZA — gulxayridoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi; paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkum (Yei8088ursht, Kagrax, §1ig11a)ni oʻz ichiga oladi. Bular bir yillik va koʻp yillik butalar, daraxtlar hamda tropik mintaqa buta va oʻtlaridir. Gʻoʻzaning 50 turi maʼlum. Gʻoʻza turkumida xromosomalar soni dishtoid (2 l = 26) va tetraploid (2 p =52) boʻlgan turlari bor. Genomining tarkibiga koʻra ular 6 guruhga (A, V, D, S, Ye, Gʻ) boʻlinadi. Tetraploidlarda genomi AD. Turlar guruhlar ichida oson, guruhlar oʻrtasida esa qiyin chatishadi yoki duragaylarning toʻliq bepushtligi kuzatiladi. Tola olinadigan oʻsimlik sifatida hindi-xitoy, afrika-osiyo, meksika, peru gʻoʻzalari ekiladi (q. Yovvoyi gʻoʻzalar, Madaniy gʻoʻzalar). Gʻ. dehqonchilikdagi qad. ekinlardan biri. Gʻoʻza paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim zamonlar — paleolit davridan boshlangan. Gʻoʻza vatani Hindiston hisoblanadi. Hind vodiysida mil. dan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan yigirilgan ip tay-yorlangan. Shuningdek, Xitoy, Eron, Peru va Meksikada Gʻoʻza mil. dan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan. arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Urta Osiyoda mil. av. 6—5-a. dan boshlab ekilgan. 10-a. dan Ispaniyaga va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan.

Jahonda Gʻoʻza 80 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlar: Xitoy (3,7 mln. ga, 30,6 s/ga, 11,4 mln. t), AQSH (5,4 mln. ga, 17,5 i/gʻa, 9,5 mln. t), Hindiston (9,0 mln. ga, 6,9 s/ga, 6,2 mln. t), Pokiston (2,9 mln. ga, 15,3 s/ga, 4,4 mln. t). Shuningdek, Braziliya, Turkiya, Misrda ham katta maydonlarni egallaydi. 20-a. oxiriga kelib asosiy paxta yetishti-ruvchi mamlakatlardan Xitoyda 3,8, AQSHda 3,6, Hindistonda 2,0, pokistonda 1,5, Turkiyada 0,8 mln. t; jahon boʻyicha 18,2 mln. t paxta tolasi yetishtirildi (1999). Oʻzbekiston paxta tolasi yetishtirish boʻyicha jahonda 4-oʻrinda turadi (gʻoʻza ekin maydoni 1440,8 ming ga, hosildorligi 24,5 s/ga, yalpi hosili3537,1 ming t; 2004).

Botanik tavsifi. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan, oʻqildiz-li, keng tarmoqlanadi, yer bagʻriga 2,4—2,6 m kirib boradi, ildizining asosiy qismi tuproqning haydaladigan qatlamida joylashadi. Poyasi tik oʻsadi, shoxlaydi, boʻyi 70—150 sm. Pastki barglarining qoʻltigʻidan toʻgʻri, uzun oʻsuv (monopodial) shoxlar rivojlanadi, ular bosh poyadan oʻtkir burchak ostida chiqadi. Tuzilishi jihatidan bosh poyaga oʻxshaydi, biror sabab bilan bosh poya shikastlanib, nobud boʻlsa, uning oʻrnini bosa oladi. Barglari birin-ketin joylashgan, yupqa yoki qalin, koʻpincha yashil, 3—7 boʻlmali, yonbarglarga ega. Birinchi chin barg nihol unib chiqqanidan 7—10 kun, ikkinchisi 4—5 kun keyin paydo boʻladi. Koʻsakyaar ochilishi bilan yangi barglar chiqishi sekinlashadi, qarigan barglarning toʻkilishi tezlashadi. Bosh poyada vegetatsiya oxi-rigacha 20—25 va undan koʻproq barg hosil boʻladi. Guli ikki jinsli, yirik; gulband, gulyonbarglar, kosacha, gultoj, changchi ustunchasi va urugʻchidan iborat (q. Gul). Gʻ. — gulshirali oʻsimlik; shira bezlari gul ichida va gul tashqarisida boʻladi. Tuguncha oʻrta tolali /uzalarda 4—5, ingichka tolali gʻoʻzolarda 3—4 uyali. Har bir uyada 5—9 va undan koʻproq urugʻkurtaklari bor. Mevasi 3—5 chanoqli koʻsak, chanoq, meva bandi, gulyonbarglar, kosa-cha, meva qati, markaziy urugʻdon, chigit va tolalardan iborat. Gʻoʻzaning ayrim turlari (jaydari gʻoʻza)da koʻsak un-chalik ochilmaydi, ayrim turlarida esa chanoqlari shu qadar keng ochiladiki, hatto paxtasi yerga toʻkilib ketadi. Chigiti tuxum yoki noksimon shaklda, uz. 0,6—1,5 sm gacha boradi, eng yoʻgʻon qismining diametri 0,5 — 0,8 sm. Uzun, asosan, oq tolalar va koʻpincha kalta tuklar bilan qoplangan. Ekiladigan Gʻoʻzalar tolasi uz. 25—55 mm, oson yigiriladi, chigit qobi-gʻidan yengil ajraladi, tuklari kalta (4—6 mm), qalin, dagʻal, chigitdan ajratish qiyin. Pishib yetilgan chigitning qobigʻi toʻq jigarrang boʻladi. Dastlabki rivojlanish davrida chigitda uglevodlar koʻp boʻladi, pishib yetilgan sayin yuqori mole-kulali azotli birikmalar va yogʻlar toʻplanadi. 1000 dona chigit massasi 80—160 g atrofida.

Biologik xususiyatlari. Chigitning hayot faoliyati boshlanishi uchun minimal harorat 10—12° hisoblanadi. Yetarli namlik, aeratsiya, yorugʻlik boʻlganda harorat 13—14° da murtak una boshlaydi; chigit ekilgandan 5—7—15 kun keyin nihollar qiygʻos toʻliq unib chiqadi. Nihollar unib chiqqandan taxm. bir oy oʻtgach, birinchi shona hosil boʻladi, yana 25—30 qundan keyin gul koʻrinadi. Gʻ. Oʻzidan changlanadigan oʻsimlik (chetdan changlanish kamdan-kam kuzatiladi). Navning biologik xususiyatlariga qarab, gullagandan 50—60 kun keyin birinchi koʻsak pishib ochiladi. Vegetatsiya davri oʻrtacha 110—145 kun davom etadi. Vegetatsiya davrida Gʻoʻzaga (gʻoʻza navi va oʻstirish r-niga qarab) jami 3100°—4900° faol (1700-2200° samarador) harorat zarur. —1—2° da nihollari nobud boʻladi. Oʻsish, rivojlanish va hosil toʻplash uchun sutkalik oʻrtacha harorat 25—30° optimal hisoblanadi. Gʻoʻza qisqa kun oʻsimligi, lekin 13—15 soatlik yorugʻ kunda ham normal oʻsib rivojlanadi. Gullash va hosil toʻplash davrida maksimal suv talab qiladi. Suvga boʻlgan umumiy talab gektariga 8—10 ming m3 ni tashkil kiladi. Gʻoʻza sur, qumloq va oʻtloqibotqoqi va b. har xil tuproqlarda oʻsib rivojlanishi mumkin, lekin soya joy, namni yoqtirmaydi, quchli shamolga, ayniqsa, garmselga chidamsiz. Shoʻrlangan tuproqlarda oʻsmaydi.

Xoʻjalik ahamiyati. Gʻoʻza qimmatlitexnika oʻsimli-gi; Gʻ. dan olinadigan mahsulotlardan toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi. Paxta tolasidan kiyim-kechak va texnika gazlamalari tayyorlanadi. Chigitidan lingp, paxsha moyi, kunjara, shulxa, shrot olinadi. Paxta moyi (chigit tarkibida 22—29%) qimmatli oziq mahsuloti boʻlib, glitserid, Ye, A vitaminlari va D provitamini hamda linolat kislotaga boy. Paxta shulxasi va shroti chorvachilik uchun yuqori sifatli toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Paxta shrotidan ajratib olingan oqsilli ozuqa yosh hayvonlarga sut oʻrnida beriladi. Gʻoʻzapoyadan sellyuloza, qogʻoz, karton, mebellar uchun plita materiallari i. ch. da foydalaniladi. Barglaridan limon, olma kislotalari, oʻsish stimulyatorlari olinadi, chanoqlari ksilit i. ch. ga yaraydi.

Yetishtirish texn ol ogiyas i . Gʻ. almashlab ekish dalalariga ekiladi, ulardan gʻoʻza-beda va gʻoʻza-don al-mashib ekish keng tarqalgan. Agrotexnika tadbirlari orasida kimyolashtirish muhim oʻrin egallaydi. Mineral oʻgʻitlar normalari, ularning nisbati tuproqiqlim zonalariga, dala sharoitiga, nav va uning hosildorligiga bogʻliq. Oʻrta tolali Gʻoʻza 1 t paxta toʻplashi uchun tuproqdan 50—60 kg azot va kaliy, 12— 20 kg fosfor; ingichka tolali Gʻoʻza esa oziq moddalarni bunga nisbatan 20 — 25% koʻproq oladi. Mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molib-den), organik va mahalliy oʻgʻitlar ishlatiladi. Chigit ekish tuproq harorati 10 kun davomida 12—14° boʻlganda mart oxiri—apr. boshlarida boshlanadi. Ekishda tuksizlantirilgan (chigitni aniq ekish) yoki tukdor chigitlardan foydalaniladi. Qoʻsh qatorlab, keng qatorlab (qator orasi 60, 90 sm) ekiladi. Koʻchat qalinligi tuproq sharoitlari va navning biologik xususiyatlariga qarab har gektarda 110— 170 minggacha niholni tashkil etadi. Oʻrta Osiyoda Gʻoʻza faqat sugʻoriladigan zonalarda ekiladi.

Hosilni yigʻib olish paxta terish mashinalariga moʻljallangan dalalarda defoliatsiya yoki desikatsiya qilingandan keyin boshlanadi. Gʻoʻza agrotexnikasining barcha kompleksi, paxtani terib olish, qisman sugʻorish va b. baʼzi agrousullar mexanizatsiyalashtirilgan.

Navlari. 20-a. ning 20-y. laridan boshlab Oʻzbekistonda 800 dan ortiq Gʻoʻza navlari yaratildi, shundan 130 ga yaqini r-nlashtirildi (oʻrta tolali navlardan 80 ta, ingichka tolali navlardan 50 ta). 90-y. dan boshlab eki-layotgan asosiy navlari: oʻrta tolali gʻoʻza navlaridan S—4727, S—6524, 175—F, An— Boyovut 2, Namangan 77, Oq oltin, ANOʻzbekiston 3, Toshkent 6, Chimboy 3010, 138—F, Qirgʻiziston 3, Yulduz, Buxoro 6 va b. ; ingichka tolali navlardan Termiz 24, Ter-miz 31, Surxon 5, 6249-V, 9883-I, 9871-I,S-6037, 6465-V va b.

3 a r a r k u n a n d a l a r i : Gʻ. ga umurtqasiz hayvonlarning 214 turi zarar yetkazadi, bulardan 207 tasi boʻgʻimoyoklilar, shu jumladan, 203 tasi — oʻrgimchakkana, shira, kuzgi tunlam, karadrina, gʻoʻza tunlami va shu kabi hasharotlardir (q. Oʻsimlik zararkunandalari). Zararkunandalarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik, kimyoviy, integral himoya usullaridan foydalaniladi (q. Oʻsimliklarni himoya qilish).

Kasalliklari: vertitsillyoz va fuzarioz vilt, gommoz, ildiz chirishi va b. Gʻ. ekiladigan maydonlarda begona oʻtlarning 74 turi, chunonchi ajriq, gʻumay, qoʻypechak, salomalay-kum, itqoʻnoq, qora kurmak va b. lar koʻp uchraydi. Begona oʻtlarga qarshi mexanik va kimyoviy usullar bilan kurash olib boriladi (q. Oʻsimlik kasalliklari).

Ad.: Gʻoʻza. 1—4j. lar,T., 1957—61; Malsev A. M ., Gʻoʻza, uning turlari, tuzilishi va rivojlanishi, T., 1960; Rjevskiy G. K., Gʻoʻza, T., 1951; Gʻoʻzaning fiziologi-yasi va bioximiyasi, T., 1961; Yuldashev S. X., Regulyatsiya rosta xlopchatnika s pomoshyu retardantov, T., 1977; Abdullayev A. A., Omelchenko M. V., Gʻoʻza turlari, T., 1977; P ogosov Yu ., Raqimboyev O ., Gʻoʻza oʻstirishning yangi usuli, T., 1977; Lifshis E. A., Muslimov S. M., Gʻoʻzani sugʻorish, T., 1980; Vliyaniye vnutren-nix i vneshnix faktorov na fiziologicheskoye i bioximicheskiye protsess! xlopchatnika, T., 1981; Dariyev A. S., Abdullayev A. A., Xlopchatnik: (Anatomiya, morfologiya, proisxojdeniye), T., 1985; Sadmkov A. S., Xlopchatnik — chudo rasteniye, M., 1985.


Lotin alifbosida maqola: GʻOʻZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
HINDISTON
YAPONIYA
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты