GʻOʻZA KUYASI

GʻOʻZA KUYASI, pushtirang qurt — oʻyiq-qanotli kuyalar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan koʻpgina ma:>1lakatlarda tarqalgan; Oʻzbekistonda tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Qanotlari yoyilganda 12—15 mm; oldingi qanotlari bir oz uzunchoq, qoramtir dogʻli och jigarrang, yuqori qismi toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, ochroq tusli koʻndalang yoʻllari bor; orqa qanoti kulrang, keng hoshiyali. Tuxumi choʻziqovalsimon, oppoq, boʻylama yoʻllari yoki toʻrsimon naqshi bor. Urgʻochisi 500 tacha tuxum qoʻyadi. Qurti och sargʻish, 12 — 15 mm; boshi va koʻkrak qalqoni sariq. koʻkrak va qorin boʻgʻimlarining usti toʻq pushti rangda. Tanasining ichki qismi pushti rang. Gʻum-bagi qizgʻish jigarrang boʻlib. tuklar bilan qoplangan. Gʻoʻza kuyasining qur-tlari 70 dan ortiq turdagi, asosan gulxayridoshlarga mansub oʻsimliklarni zararlaydi. Qurtlari gʻoʻzaning shona, gul va koʻsaklari bilan oziqlanadi. Gʻoʻza kuyasi tushganda paxta hosili 60—80% kamayadi.

Kurash choralari: karantin.


Lotin alifbosida maqola: GʻOʻZA KUYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IPAK QURTI
GULXAYRI KUYASI
KARANTIN
GʻOʻZA TUNLAMI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты