GʻOʻZA SELEKSIYASI VA URUGʻCHILIGI INSTITUTI, G. S. Zaysev nomidagi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi — Oʻrta Osiyodagi yirik ilmiy muassasa. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. 1965-y. da mustaqil in-t sifatida tashkil etilgan (1922-y. da Turkiston seleksiya st-yasi, 1930—60 y. larda SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya st-yasi, 1960—65 y. larda Soyuz NIXI filiali). 1965-91 y. larda Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi in-ti (1987-y. dan ilmiy-i. ch. birlashmasi). 1992-y. dan hoz. nomda. Oʻzbekistonda gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha ilmiy markaz hisoblanadi. In-t tarkibida (2005): 3 boʻlim — seleksiya iazariyasini rivojlantirish va boshlangʻich materi-allar tayyorlash (kolleksiya va boshlan-gʻich ashyo; biokimyo va biotexnologiya; mutagenez; oʻsimliklar immuniteti ge-netikasi; sunʼiy iqtim lab. lari b-n); seleksiya (ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi; 4-tip tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi; 5-tip tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi; tezpishar va past boʻyli gʻoʻza navlari seleksiyasi; beda seleksiyasi lab. lari b-n); urugʻchilik (yangi gʻoʻza navlarini sinash va dastlabki koʻpaytirish; urugʻchilik; urugʻ-shunoslik; tola texnologiyasi; patent va marketing lab. lari b-n), shuningdek aspirantura boʻlimi, fitotron bor. In-tda ilmiy kutubxona va muzey ishlaydi. In-tning Toshkent viloyati Qibray tumani Markaziy tajriba st-yasi (ekin mayd. 30 ga), Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tajriba (ekin mayd. 1000 ga), Namangan viloyati Chust tumani «Qizil Ravot» tajriba (ekin mayd. 300 ga) va Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani «Surxon» tajriba xoʻjaliklari (ekin mayd. 1000 ga)da ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi (jami ekin mayd. 2330 ga). In-tning asosiy ilmiy yoʻnalishlari: tezpishar, serhosil, turli kasallik va zararkunandalarga hamda ekstremal sharoitlarga chidamli, tola sifati va tola chiqishi yuqori boʻlgan oʻrta va ingichka tolali gʻoʻza va tarkibida protein moddasi yuqori boʻlgan beda navlarini yara-tish hamda ularning urugʻchiligi.
Inda jahon gʻoʻza kolleksiyasidagi mavjud yovvoyi va yarim yovvoyi ruderal formalarni chatishtirish; tur ichida va turlararo duragaylash asosida qimmatli donorlarni yaratish va seleksiya jarayoniga tavsiya etish, dunyo kolleksiyasi toʻgʻrisida bank maʼlumotlarini yigʻish; tezpishar, hosildor, kasallik va zararkunandalarga chidamli boʻlgan gʻoʻza va beda navlarini yara-tish; superelita va elita urugʻlarini tayyorlashni ilmiy jihatdan taʼminlash, gʻoʻza urugʻlarini ekish va hosildorlik sifatlarini oshirishni taʼminlaydigan usullarni ishlab chiqish kabi tadqiqot ishlari olib boriladi.
In-t faoliyati G. S. Zaysev, AM. Lvtonomov, F. M. Mauyer, P. P. Baranov, A. I. Belov, A. M. Malsev, S. S. Xanash, A. L. Dadaboyev, S. M. Mirahmedov, Ya. D. Nagibin, B. P. Straumal, V. I. Kokuyev, I. G. Gritsenko, M. Gʻoyibnazarov. K. A. Visoskiy, G. X. Gubanov, Yu. P. Xutornoy, Z. M. Pudovkina. A. G. Arutyunova va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.
Hoz. davrda institutda 111. Ibrohimov, A. E. Egamberdiyev, S. Rahmonqulov, Yu. Ikromov, P. Sh. Ibrohimov, F. V. Voytenok, M. Mirjoʻrayev, P. V. Popov, M. I. Iksanov, T. R. Rashitov, B. Allaqulov, H. Sodiqov va b. samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Jumladan, in-tda A. A. Avtonomov va V. A. Avtonomovlar tomonidan Oʻzbekistonda birinchi boʻlib, Punktatum ruderal namunasi ishtirokida yaratilgan oʻrta tolali gʻoʻzaning S-6524. Namangan-77, S-6530, S-6532, ingichka tolali gʻoʻzaning S-6029, Surxon-9 navlari yara-tildi va katta maydonlarda ekilmoq-da. 2000-y. da Oqqoʻrgʻon-2 (T. Xolxoʻja-yev, V. Ristakov, S. Raxmonqulov, M. Mirjoʻrayev), 2002-y. da S-2609 gʻoʻza navi (L. Sh. Ibrohimov, F. V. Voyte-nok), 2004-y. da esa tola sifati 11 tipga mansub boʻlgan Surxon-9 ingichka tolali gʻoʻza navi (V. A. Avtonomov, P. Sh. Ibrohimov) r-nlashtirildi. A. I. Belov tomonidan respublikada yagona boʻlgan beda seleksiyasi va urugʻchiligi lab. tashkil etildi va bedaning yangi, yuqori proteinli Toshkent-3192, Toshkent-1, Toshkent—1728, Toshkent—2009, Toshkent—2938 navlari yaratildi.
In-t olimlari gomonidan qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan 60 dan ortiq oʻrta va 14 ta ingichka tolali gʻoʻza navlari yaratildi va i. ch,ga joriy etildi. Gʻoʻza kolleksiyasi genofondida AQSH, Misr, Meksika, Hindiston, Avstraliya va b. 22 davlatdan keltirilgan 12 mingdan ortiq namunalar mavjud. Ushbu kolleksiya yangi gʻoʻza navlarini yaratishda respublikada asosiy genofond hisoblanadi.
In-tda «Gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi va bedachilik masa-lalari» nomli ilmiy toʻplam chop etiladi. (1924—2002-y. larda 31 ta toʻplam nashr etildi). In-tda 178 ilmiy va ilmiy-texnik xodim, shu jumladan, 6 fan dri, 30 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2005).
In-t AQSH, Gretsiya, Bolgariya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Misr davlatlaridagi paxtachilikka ixtisoslashgan ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar olib boradi.
Paridun Ibrohimov.