GEOMETRIK ALMASHTIRISH

GEOMETRIK ALMASHTIRISH — toʻgʻri chiziq, tekislik yoki fazoni oʻzaro bir qiymatli akslantirish; maʼlum qonuniyat va qoidalarga asosan berilgan figuradan yangi figura hosil qilish. Mac, oʻq simmetriyasi yoki markaziy simmetriya — eng oddiy Geometrik almashtirish Uni quyidagicha taʼriflash ham mumkin. Maʼlum qoida asosida tekislikning har bir M nuqtasiga shu tekislikdagi aniq Af nuqta mos keltirilsa, tekislikdagi nuqtalarni almashtirish yoʻli aniqdangan yoki qisqacha, almashtirish berilgan deyiladi va bu ramziy tarzda quyidagicha koʻrsatiladi: (fM)=M\ Bundagi Mʻ nuqta M nuqtaning obrazi (aksi), M nukta esa Mʻ nuqtaning pro-obrazi (asli) deyiladi, / ramzi almashtirishning nimadan iboratligini koʻrsatadi. Mʻ nuqtaning vaziyati M nuqtaning vaziyatiga bogʻliq boʻlgani uchun Af nuqta M nuqtaning argumenta, M nukta esa Af nuqtaning funksiyasi deyiladi. Figuralar analitik usulda ham almashtirilishi mumkin. Geometriyada har bir nuqtaning pro-obrazi bittagina nukta boʻlgan obrazlarni hosil qiluvchi Geometrik almashtirishlar muhim. Bunday Geometrik almashtirish, odatda, oʻzaro bir qiymatli almashtirish deyiladi. Geometriyada uchraydigan hamma oʻzaro bir qiymatli almashtirishlar ichida harakat deb ataluvchi Geometrik almashtirish muhim oʻrin tutadi (har qanday ikki M va N nuktani tutashtiradigan almashinuvchi figuraning MN kesmasi shu nuqtalarning obrazlari Mʻ va Nʻ ni tutashtiruvchi kesmaga teng boʻlsa, bunday almashtirish harakat deb ataladi). Geometriyada ayrim almashtirishlar bilan bir qatorda Geometrik almashtirishlar toʻplami ham ahamiyatli. Bulardan gruppa deb atalgan toʻplamlar yana ham muhimroq. Geometrik almashtirishlar geometriyaning yetakchi va samarali yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: GEOMETRIK ALMASHTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
MATEMATIKA
FIZIKA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты