GIDRAVLIK TARAN

GIDRAVLIK TARAN — gidravlik zarba taʼsirida bosim hosil boʻladigan suv koʻtarish qurilmasi. Ya, balandlikdagi manba 1 dan quvur 2 boʻylab tushayotgan suv zarba klapani 4 orqali tashqariga chiqadi. Tushayotgan suv chiqayotganida koʻp boʻlgani uchun quvur 2 da bosim oshib, zarba klapani yopiladi, natijada quvurda gidravlik zarb hosil boʻladi. Zarb kuchi taʼsirida bosim klapani 5 ochilib, suv bosim qalpogʻi 6 ga koʻtariladi. Bunda zarb kuchi kamaygach, klapan 4 yana ochilib, haydash klapani yopiladi. Bu jarayon har 0,5—2 sek. da takrorlanib,bosim qalpogʻidan havo siqila boradi (dinamik bosim oshadi) va suvni quvur 7 orqali N2 balandlikdagi idish 8 ga haydaydi. Ventillar 3 yopilganda Gidravlik taran ishdan toʻxtaydi. Suvning koʻtarilish balandligini 50 m dan oshirish mumkin. Gidravlik taranni suv zaxirasi isteʼmol qilinadigan miqdordan ancha ortiq boʻladigan va qurilmani manba 1 sathidan past joylashtirish imkoniyati bor boʻlgan joylarda ishlatish mumkin. Gidravlik taran, kichik qurilishlarni suv b-n taʼminlash va b. da keng tarqalgan. Gidravlik taranning ish unumi past, ammo uning xarajati uskunaning soddaligi, tuzilishi va juda oddiy ishlashi hisobiga qoplanib ketadi.


Lotin alifbosida maqola: GIDRAVLIK TARAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
YER HAYDASH
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты