GIDROKORTIZON

GIDROKORTIZON, kortizol — odam, maymun va itlarning buyrak usti bezi poʻstloq qavatida xolesteshidan hosil boʻladigan steroid gormon. Organizmdan asosan siydik bilan ajraladi. Glyukokortikoid taʼsirga ega — jigarda glyukoza hosil boʻlishini va uning qondagi miqdorini oshiradi. Gidrokortizon jigarda oqsil va ribonuklein kislota sintezini barqarorlashtiradi, koʻpgina boshqa toʻqimalar (mas, limfa, muskul toʻqimasi, biriktiruvchi tuqima)da esa bu jarayonni tormozlaydi. Gidrokortizon ajralishini adrenokortikotrop gormon ishtirokida gipofiz tartibga solib turadi. Organizm uchun noxush holat yoki biror kasallik roʻy berganda (q. Adaptatsiyey sindrom, Stress) G. hosil boʻlishi jadallashadi. Gidrokortizon va uning preparatlari hamda sunʼiy hosilalari — prednizolon, triamsinolon va b. tibbiyot amaliyotida turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: GIDROKORTIZON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYRAK
TIBBIYOT
YER
GORMONLAR
QANDLI DIABET


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты