GORMONLAR

GORMONLAR (yun. hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekretsiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas, tireotrop gormon asosan qalqonsimon bezta, adrenokortikotrop gormon (AKTG) buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga, estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va h. k. Boshqalari (qalqonsimon bez G. i, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va b.) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi. Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq; mas, insulin uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, testosteron va b. androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi, glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi, oʻsish gormoni (somatotrop Gormonlar) yogʻ, fosfor va kalsiy almashinuviga taʼsir etadi. Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Korin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz G. ni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) G. ning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan Gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda kandaydir biror sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekretsiya bezidan Gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror Gormonlar kamayib ketsa (mas, toʻqimalarda Gormonlar tez parchalanganda) rilizing Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez G. ni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi Gormonlar ini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chikariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz Gormonlar ining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi Gormonlar miqsori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Mas, glyukoza koʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi.

Ad.: Turakulov Ya. X., Tireoidnыye gormonы, T., 1972: Reznikov A. G., Polovыye gormonы i differensiatsiya mozga, Kiyev, 1982; Korn ye va Ye. A., Gormonы i immunnaya sistema, L., 1988; Konoplya Ye. F., Membrannыye mexanizmы gormonalnoy regulyatsii. Minsk, 1991.

Zoirxoʻja Akbarov.


Lotin alifbosida maqola: GORMONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI SEKRETSIYA
VITAMINLAR
YER
BEZ
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты