GIPS BOGʻLOV

GIPS BOGʻLOV — tez qotadigan bogʻlov; doka bintga gips kukunini bir tekisda yoyib tayyorlanadi. Tibbiyot amaliyotida singan oyoq-qoʻlni harakatsizlantirish (q. Immobilizatsiya) uchun qoʻllaniladi. Birinchi boʻlib N. I. Pirogov taklif etgan (1854). Suyak singanda va boʻgʻimlarga shikast yetganda, ularni qimirlamaydigan qilib qoʻyish, suyak-boʻgʻim silini davolash, tugʻma va hayot davomida qiyshayib qolgan umurtqa pogʻonasini toʻgʻrilash uchun ishlatiladi. Gips bogʻlov ishlatilishidan oldin togʻoradagi iliq suvga tiqib olinadi. Suvni yaxshi shimib olgan gipsli bintni bir oz siqiladi va yalangʻoch badanga yoki nam tortmaydigan paxta ustidan qoʻyiladi. Gips bogʻlov badanga tekis va jips yopishib, qimirlatmay qoʻyadi. Gips bogʻlov aylanma yoki gips longeta shaklida boʻlishi mumkin. Oyoqqoʻl yoki tanaga aylanma Gips bogʻlov qoʻyiladi. Gavdaning biror qismini qimirlatmay qoʻyish uchun gips longeta va b. ishlatiladi. Umurtqa pogʻonasi silida gipedan yasalgan maxsus karavotlar, suyak ochiq singanida yoki operatsiya qilinganida shikastlangan sohada teshik qoldirilgan Gips bogʻlovlar qoʻllaniladi. Gips bogʻlov juda siqib qoʻyilsa, qon aylanishi buzilishi mumkin: G. b. qoʻyilgan joy ogriydi, chumoli yurayotgandek tuyuladi, shishadi, soviydi, oyoq yoki qoʻl barmoqlari koʻkaradi yoki oqaradi, hech narsa sezmay qoladi. Bunday hollarda darhol vrachga koʻrsatish kerak. Gips bogʻlovni boʻlinib ketishdan saqlash lozim, aks holda shikastlangan joyning bitishi buziladi. Oyoqqa qoʻyilgan Gips bogʻlov kir boʻlib ketmasligi uchun ustidan paypoq kiyiladi, qoʻl yoki b. joyda boʻlsa bint oʻrab, kir boʻlganda almashtirib turiladi. Yosh bolalarga Gips bogʻlov qoʻyilsa, ustidan kleyonka oʻrab qoʻyilgani maʼqul, aks holda ular yozilganda nam tegib Gips bogʻlov tushib ketishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: GIPS BOGʻLOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IMMOBILIZATSIYA
UMURTQA POGʻONASI
TIBBIYOT
SUYAK SINISHI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты