GODOGRAF

GODOGRAF (yun. hodos — yoʻl va… graf) — 1) mexanikada — biror vektor funksiyaning vaqt davomida oʻzgarishini koʻrsatadigan egri chiziq. Mac, MN egri chiziq boʻylab harakatlanayotgan nuqtaning Godografi har xil nuqtalardagi tezliklar vektorlariga parallel va teng qilib O nuqtaga qoʻyilgan vektorlardan hosil boʻladi (rasm). G. tushunchasini mexanikaga U. Gamilton kiritgan,.

2) seysmologiyada — seysmik toʻlqinlarning manbadan kuzatish punktigacha yetib borishi uchun ketgan vaqtning masofaga bogʻliqligini koʻrsatadigan egri chiziq. Bu chiziqning shakli va qiyaligi zilzila yoki portlash hosil qilgan toʻlqinlar oʻtgan muhitning elastik xususiyatlariga bogʻliq. Seysmik kuzatishlar natijasida tuzilgan Godograf yordamida har xil chuqurliklarda seysmik toʻlqinlar tezligi, yer osti qatlamlari qalinligi aniqlanadi. Godograf yordamida yer ostining tuzilishi va qazilma boyliklarining joylashishi haqida ham maʼlumotlar olish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: GODOGRAF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOʻLQINLAR
ZILZILA
TOSHKENT
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты