GOLDEN DELISHES

GOLDEN DELISHES — kechpishar olma navi. 1890-y. da Sharqiy Virginiya shtati (AQSH)dan keltirilgan. P. P. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tining Samarkand filialida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Fransiya, Italiya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va b.) bogʻdorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Daraxti kuchli usadi, keng shox-shabbali, koʻproq palmasimon shakl oladi, novdalari sargʻimtir-koʻkish. Bargi oʻrtacha, bandidan uchiga tomon oʻtkirlashib boradi. Gullari oʻrtacha, qirmizi rangda. Apr. da gullaydi (11 — 14 kun). Unga Toshkent borovinkasi, Simirenko, Jonatan kabi navlar yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Mevasi yirik (130—150 g), silliq, sariq-tillarang, mevabandi uzun, eti shirin, muloyim, sersuv va xushboʻy, sent. boshlarida terib olinadi. Har yili hosil qiladi. Koʻchati ekilgandan soʻng pakana payvandtaglarda 3—4 yili, kuchli oʻsadiganlarida 5—6 yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidamli. Oʻzbekistonda iliq iqlimli togʻli hududlarda sanoatbop nav sifatida koʻplab ekiladi (yana q. Olma).


Lotin alifbosida maqola: GOLDEN DELISHES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ITALIYA
TOSHKENT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты