GUJABOʻTQA

GUJABOʻTQA — qoʻqonjoʻxori (oq joʻxori)dan tayyorlanadigan taom. Joʻxorini namlab kelida bir necha marta tuyiladi; yelpib, qipigʻidan tozalangach, yuvib tashlanadi. Qozonda yogʻni dogʻlab, piyoz bilan birga goʻsht qiyma qovuriladi, keyin tayyorlab qoʻyilgan joʻxorini solib suv quyiladi va 1 soat davomida kovlab-kovlab pishiriladi. Tuz va ziravorlar pishish oldidan solinadi. Tayyor taom qopqogʻi yopilgan idishda 10—15 min. damlangandan soʻng laganga suzib, betiga oshkoʻklar sepilgan holda dasturxonga tortiladi.


Lotin alifbosida maqola: GUJABOʻTQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GOʻJA
PIYOZ
PALOV
GOʻSHT SANOATI
KABOB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты