GOʻYANDA — 1) taʼziya marosimida aza qoʻshigʻini aytib, marhumga boʻlgan izzat-hurmatini, uning yaxshi xislatlarini yigʻi, yoʻklov, aytish bilan izhor etuvchi ayol;
2) qadimda toʻy, sayil-tomosha va shodiyonalarda hikoya, qissa aytguvchi kishi. Goʻyandalar yakka-yakka yoki teatrlashgan ansambl tarzida ijro etishgan. Ansambl tarzidagi Goʻyandalar tarkibi saroyanda (ashulachi) va navozanda (cholgʻuchi)lardan iborat boʻlib, Goʻyanda hikoyasini kuy va qoʻshiq b-n rivojlantirishga xizmat qilgan. Bu toifadagi Goʻyandalar faqat erkaklardan iborat boʻlgan.