Mustaqil Turon davlatiga asos solinishi

Sohibqiron Amir Temur Qashqar, Yettisuv, Turkiston va Xorazmning bir qismidan iborat Chig’atoy ulusining vorisi sifatida maydonga chiqdi va ulus yerlariga to’liq egalik qilishni o’zining qonuniy huquqi deb hisobladi. O’sha paytdagi taomilga ko’ra, davlatga Chingizxon asos solgan, shuning uchun faqat uning avlodidan bo’lganlargina xon atalishga loyiq ko’rilardi. Amir Temur davlat boshiga kelishdan oldin chingiziy Suyurg’atmishxonni nomigagina xon qilib ko’tardi, soxta obro’lar ketidan quvishga ehtiyoji bo’lmagan Sohibqiron o’zini xon deb atamadi, chunki u xon axlodidan emas, balki oddiy xalq ichidan chiqqan qahramon edi. Samarqandni Turon saltanatining poytaxti deb belgiladi, 1391 yilda To’xtamishxon bilan jangga borayotib, Dashti Qipchoqda ulkan toshga xotira satrlarini o’ydirib yozdirganda, o’zini “Turon sultoni” deb atadi.

Birinchi qadamlar parchalanib ketgan yurtni – Turon mamlakatini birlashtirishdan boshlandi. Bu ishni amalga oshirish uchun Jeta (boshqa nomi Mo’g’uliston) ga besh marta, Xorazmga besh marta yurish qilishga to’g’ri keldi. Parokanda mustamlaka yurtimiz yaxlitlik maqomiga ega bo’lib, ozodlikka erishdi. Bu tariximizdagi diqqatga sazovor ulkan voqealardan biridir.

O’ttiz besh yil (1370-1405) hukm surgan Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Orol dengizigacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi. Amir Temur, eng avvalo, mustaqil ulkan Turon davlatini tuzgan vatanparvar, buyuk davlat arbobidir, Vatanimizni mo’g’ul bosqinchilaridan ozod etgan xalq qahramonidir. U mustabidlarga qarshi kurash va mustaqil davlat bunyod etish o’zining zimmasida turgan buyuk tarixiy vatanparlik burchi ekanligini chuqur anglab yetdi. Prezident Islom Karimovning: “Amir Temurni anglash – o’zligimizni anglash demakdir” degan so’zlari zamirida ana shunday teran ma’no mujassamdir.


Lotin alifbosida maqola: Mustaqil Turon davlatiga asos solinishi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Amir temur fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
TEMURIYLAR
XITOY
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты