Murodjon Mansurov (1941-2014)



Murodjon Mansurov 1941 yil 15 martda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan. Avval injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Keyin «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi» gazetasida, «Yoshlik» va «Sharq yulduzi» jurnallarida mehnat qilgan.

Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar bosilmay turib A. Qahhor, O. Yoqubov kabi adiblar nazariga tushgan. Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan. Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972),«Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashag‘isi kela-di» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995), «Judolik diyori» roman-tetrologiyasi nashr etilgan.

Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi.


Lotin alifbosida maqola: Murodjon Mansurov (1941-2014) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Umar Shayx Mirzo Bahodir
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты