Sovet hukumati Qo‘qon avtonomiyasini milliy burjuaziya pan tyurksistik davlat, deb qaradi. Turkistonda boshlangan sobik ittifoqqa qarshi Milliy ozodlik harakatini esa «bosmachilik» harakati deb «talovchi», «bandit» harakati deb aybladi. «Bosmachi» so‘zi 1919 yilda paydo bo‘ldi. Bu xalq qasoskorlari bo‘lib «Turkiston xalqlarining vatani» deb e’lon qilindi. Bu harakatga obro‘li odamlar, diniy namoyondalar, tirik qolgan hukumat a’zolari va boshqalar qatnashdi. «Bosmachi» deb «bandit», «qaroqchi» darajasida tushunganlar milliy ozodlik uchun kurashgan xalq qahramonlari edi. «Bosmachilar» milliy davlatni tuzish va Turkiston xalqlarining mustaqilligini ta’minlash uchun kurashdilar. Vaqtincha tog‘li va qumli joylarga chekingan bo‘lsa ham islom va milliy kuchlar kuch to‘plashib ularga qarshi to‘xtovsiz kurash olib bordilar. Mustafo Cho‘qay Turkiston xalqlari o‘zini davlatiga ega bo‘lish, yagona Turkiston taklifi bilan chiqdi. Uning boshi uchun 1000 so‘m e’lon qilindi. Lekin u 1918 yil mayda boshqa familiya bilan Toshkentdan chiqib ketdi.
Bolsheviklar sobiq ittifoq milliy ozodlik harakatiga shavqatsizlarcha kurashdilar. Ular milliy ozodlik kurashining eng shiddatli va jangovor bosqichi hisoblangan. Bosmachilik tasodifiy hodisa bo‘lmay o‘z davrining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining mahsuli sifatida yuzaga keldi. Chunki Chor hukumati totalitar siyosatini yurgizib va taraqqiyotni bo‘g‘ib xalqning g‘azabi va nafratini qo‘zg‘atdi. Ayniqsa, Turkistonda mustamlakachilik va ulug‘ millatchilik siyosati yuqoriga chiqdi. Bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, tub aholini qirish, mol- mulkini talash bilan shug‘ullanib siyosiy va insoniy huquqlarga yo‘l bermadi. Bu haqda Turar Risqulov (Turkiston kompartiyasi musulmonlar byurosi raisi) «Biz sho‘rlik musulmonlarni Nikolay zamonidan qanday hayvon o‘rnida qarashgan bo‘lsa, yo‘qsillar (sovetlar) xukumati davrida ham shunday... hozir ham zulmatda yashamoqdamiz, och, yalang‘och, itga o‘xshab xor bo‘lib o‘lib ketayapmiz. Buning uchun kim aybdor?... Men boylar tarafini olmoqchi emasman. Biroq bir kambag‘alning bitta oti bo‘lgani va shu otga arava ko‘shib, oilasini boqib turgani haqida gapirmoqchiman. Bir qizil armiya jangchisi uyiga bostirib kirib, zo‘ravonlik bilan otni tekinga olib ketgan. Endi oila nimaning hisobiga kun kechiradi? Nahotki shunday qilish firqa dasturi amalida bo‘lsa? Boylarning mol-mulkini bo‘lib beryapmiz, deb aslida 84 ming kishilik butun shaharni talon-toroj qilishdi. Xo‘sh, bu nima degan ran? Namangandan chiqadigan barcha mahsulot, qimmatbaho buyumlarni tortib olishib, to qulfgacha ro‘yxatga kiritishdi. Ba’zi kishilarni qurol saqlashda gumon qilib qamashadi, qurol topisha olmagach, ularni shartli ravishda ozod qildilar va besh-o‘n ming so‘m jarima to‘latdilar. Bu pullar qayerga ketdi - sho‘rolar kassasigami yoki cho‘ntakkami? Agar cho‘ntakka bo‘lsa, bu holda qanday baho berish kerak? Yoki o‘zlari hukmron bo‘lishlari uchun bu hukumatni barpo qildilarmi? Ular (bolsheviklar) boshqalarning ipak-gazlamalari va qimmatbaho buyumlari bilan uylarini bezadilar. Bizlarga nima berishdi? Qornimizni to‘yg‘azishdimi? Yo‘q! Agar yaxshi kiyintirishganda kambag‘allar yalangoyoq yurisharmidi? Agar qornimizni to‘yg‘azishganda minglab odam ochlikdan o‘larmidi? Bizning uyda nimalar qoldi? Faqat juldur to‘shaklar, xolos. Boshqa hech narsa». Bolsheviklarning g‘ayriinsoniy siyosati shu darajaga yetdiki, ko‘z ko‘rmagan va quloq eshitmagan jinoyatga qo‘l urdilar. Farg‘ona vodiysida sanoat tarmoqlarini barchasini davlat mulkiga aylantirdilar. 1918 yil 26 fevralda «o‘lkadagi paxtani musodara qilish to‘g‘risida» dekret qabul qilindi. Turkistonda mavjud bo‘lgan butun paxta musodara qilindi va Turkiston o‘lkasi ishchi- dehqon hukumatining mulki deb e’lon qilindi. So‘nggi hujjatda qarshilik ko‘rsatilsa, otishgacha barcha choralar qo‘llanilsin. 1918 yil dekretlari asosida 140 dan ortiq zavod va yirik paxtachilik firmalari, 400 ga yaqin kichik korxonalar egallandi. Shuningdek, 2 mln. 657 ming pud paxta tolasi, 413,09 pud urug‘lik chigit, 476,8 pud go‘sht va boshqa narsalar qo‘lga olindi. Paxtachilik sanoati Rossiya uchun eng ahamiyatlidir. 1917 yilda, 1918-1919 yillarda ham kamida 1 mln. pud dan ortiq don Rossiyaga yuborildi, minglab mahalliy aholi esa ochlikdan vafot etdi.Bolsheviklar ma’naviy hayotni ham izdan chiqardilar: masjid va madrasalar buzildi yoki yopildi, qozilar ulamolar hibsga olindi, Marg‘ilonda Qur’oni karim yoqildi, Andijonda Jome’ masjidiga soldatlar joylashtirildi, Qo‘qondagi madrasaga o‘t qo‘yildi.
Xullas, o‘lkada chidab bo‘lmaydigan darajadagi og‘ir siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot «bosmachilik» kurashining negizini tashkil etdi. Bu kurash mustaqillik va ozodlik ruhi bilan sug‘orilgan umumxalq harakati edi. Vodiyda o‘nlab «bosmachi» guruhlari shakllanib dushmanlarga qarshi ayovsiz hujumlar uyushtirishdi. «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo» rahbarlari bevosita boshchilik qilishdi. Bular tarqoq holda yuzaga kelganligi tufayli umumiy rahbarlik markazini tuza olmadi. 1918 yil martda barcha qo‘rboshilarning birinchi qurltoyi o‘tkazildi, katta Ergash istiqlol uchun kurashishning rahbari etib tayinlandi. O‘sha yilning yozida uning o‘rniga Madaminbek tayinlandi. 30 ming atrofida Vatan himoyachilarni birlashtirdi. Bolsheviklarga qarshi boshqa millatlar ham kurashdi. Madaminbek qo‘l ostida - 90 ta, Ergashda - 100 taga yaqin rus ofitserlari xizmat qilganlar. Madaminbek Jalolobod va O‘shda tuzilgan K. Monstrov boshchiligidagi rus krestyanlar qo‘shini bilan ittifoq shartnomasini tuzdi. Shuningdek, rus generallari va ofitserlari tomonidan tuzilgan «Turkiston harbiy tashkiloti» ularning itgifoqchisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Farg‘ona vodiysiga 30 ming askar kiritildi. «Baribir, tub aholining bizga dushmanchiligi saqlanib, - deydi Yuriy Paporov, - «bosmachilar» yengillik bilan bizning harbiy gornizonlarimizni tor-mor etaverdi. Oqibatda biz qo‘shinlarimizni qishloqdan olishga majbur bo‘ldik». 1918 yil iyulda Qo‘qon uyezdida Ergash boshliq Vatan himoyachilari va Qizil armiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Vatan himoyachilari g‘alabaga erishdilar. Qo‘qon, Namangan va Andijon uyezdlarida ham vatan himoyachilari kuchaydi. Gorchakov temir yo‘li va Eski Marg‘ilonda ham qattiq janglar bo‘lib o‘tdi. 1919 yil bahorda Madaminbek va Ergash qo‘rboshilar boshliq ikki markaz shakllandi. Ularning biri Andijon, Namangan, Skobelev uyezdlarida, ikkinchisi esa Qo‘qon uyezdida tashkil topdi. Madaminbek, Ergash, Shermuhammad, Omon Polvon rahbarligidagi vatan himoyachilari Jalolobod, O‘sh, Namangan atroflari-
da Qizil armiya bilan jang qildilar. Vatan himoyachilari 1919 yil sentabrda O‘sh shahrida Qizil armiyani mag‘lubiyatga uchratib shaharni egalladilar so‘ngra Jalolobodni ham qo‘lga kiritdilar. Andijonda bolsheviklar mudofaaga o‘tib paxta toylaridan barrikadalar qurdilar. 6 kun davom etgan jangda qo‘shimcha kelgan yordamchi polk kuchayib 26 va 30 sentabrda O‘sh va Jalolobodni egalladilar. Qo‘rboshilar orasida birdamlik yo‘q edi. Ularni boshqaradigan xukumat ham yo‘q edi. 1919 yil 22 oktabrda Oyim qishlog‘ida 150 ta qo‘rboshi Madaminbek boshliq armiyaga birlashdilar. Noyabr oyida Vatan himoyachilari tomonidan Qizil armiya polki tor-mor etildi. Madaminbek birin-ketin mag‘lubiyatga uchraganidan keyin taslim bo‘ldi. Turkiston frontidagi ikkinchi Turkiston o‘qchi diviziya bilan Madaminbek o‘rtasida shartnoma imzolandi. Sho‘ro hokimiyatini tan olishga, uning barcha buyruqlarini bajaraman. Sho‘ro hukumati Turkiston fuqarolari orasida shariat asoslarini saqlab qolib mehnatkashlarni manfaatlarini himoya etishga, musulmonlarning mahalliy shart-sharoiti va urf-odatlariga yo‘l berilishiga, doimiy qarorgohi Namanganda bo‘lib, tashqi dushmanlardan himoya qilishga va’dalar berildi. 13 martgacha harbiy inqilobiy kengashi va Turkiston markaziy hokimiyatiga sodiq ekanligini bildirish uchun Toshkentga borishga so‘z beraman, deb qo‘l qo‘yishadi. Madaminbek qo‘shinlarini saqlab, unga boshchilik qilish shartiga umid qiladi. U jamiyatni shariat asosida boshqarishni talab qildi. Lekin bu Madaminbekni jilovlash uchun qilingan o‘yin edi. Shartnoma Turkiston xalq komissarlar soveta raisi bilan emas, Farg‘onadagi o‘qchi diviziya boshlig‘i bilan tuzilishi noto‘g‘ri edi. Madaminbek siyosiy jihatdan tajribasizlik qildi.
1919 yil martda istiqlolchilik harakatini kuchayishiga qarshi M. V. Frunze qo‘mondonligida Turkiston fronta tuzildi. Kuybishev harbiy kengash a’zosi etib tayinlandi. Ular Vatan himoyachilariga qarshi ayovsiz kurashdilar. Kuybishev tuzilgan bitmni qoraladi. Madaminbek bilan tuzilgan bitmni matnini o‘zgartirishadi. Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinni saqlash norozilik keltirib chiqardi. Frunze: «Sobiq «bosmachi»lardan tuzilgan brigadalarni tarqatib yuborish kerak» deb talab etdi. Aslida kim bosmachi? Frunzening o‘zi emasmi?! Ona vatanni himoya qilgan kishi yurt himoyachisi, deya e’zozlanadi-ku! Sulh bitami amalda qog‘ozda qolib ketdi. Bu «bolsheviklarning ikkiyuzlamachiligi va firbgarligini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir». Ba’zilar Madaminbekni qirg‘inboratdan, ochlik va og‘ir hayotdan xalos etish uchun sulh tuzgan deyishadi. Uning o‘zi ham xuddi shunday degan edi. Sobiq ittifoq mazlum xalqlarga ozodlik, erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini berish haqida dekloratsiya e’lon qilgan edi. Bunga ishongan jadidlar Turkiston Muxtoriyatini tashkil etgan edilar. Ammo bolsheviklar Farg‘ona vodiysini qonga belab, vayron etib muxtoriyatni ag‘dardilar. Madaminbek buning guvohi bo‘lib turib bolsheviklarga ishonch bildirishini oqlab bo‘lmaydi. U katta siyosiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Chunki sulh bitami bolsheviklarga katta foyda keltirdi.
Bolsheviklar fursatdan foydalanib, vodiyda harbiy tayyor-garlikni kuchaytirdi. Madaminbek bolsheviklarga xizmat qilishni boshlab yubordi. Vatan himoyachilari orasida tarqoqlik boshlandi. Shermuhammadbek (Ko‘r Shermat) va Xolxo‘ja qo‘rboshilar uni vatan xoini deb e’lon qilgan edilar. 1920 yili 4 mayda Madaminbek Xolxo‘ja qo‘rboshi tomonidan o‘ldirildi. 1920 yil iyul oyida Shermuhammad ko‘rboshilarning majlisida Vatan himoyachilarning sardori etib saylandi. Vatan himoyachilarining soni 30 ming kishiga yetkazildi. Yana ozodlik kurashining alangasi porladi. Turkiston markaziy ijroiya komiteta Farg‘ona vodiysida harbiy holat e’lon qildi. 1920 yil may oyida Frunze vodiyga kelib kurashga boshchilik qildi. Vatan himoyachilari bu vaqtda Oloy tog‘ida o‘rnashgan edi. Bu yerda dushman kuchlari bilan to‘qnash keladi. Vatan himoyachilari Oloydan tushib Farg‘ona, Namangan, Andijon, O‘sh va Jalolobodda bo‘lishdi. Qizig‘i shundaki, Vatan himoyachilar orasida ayol Oltiariqning Polosoy qishlog‘ida tug‘ilgan Shakarxon jangchi ayol sifatida nom chiqardi. Keyinchalik Shakarxon oltiariqlik To‘ychi qo‘rboshiga qo‘shilib kurash olib bordi. Bu ayol Shakar qo‘rboshi nomi bilan yuzdan ortiq yigitga bosh bo‘lib jang qildi. O‘g‘li Odiljon ham onasi singari Vatan uchun kurash olib bordi. Uni bolsheviklar o‘ldirdi. Yolgiz o‘g‘li uchun o‘ch olish jangi Qayrog‘och qishlog‘ida bo‘ldi. U Oltiariq, Rishton va Skobelev shahrida Qizil armiya qismlariga zarba beradi. Shakarxon qo‘rboshi 1921 yil oxirida, janglarning birida halok bo‘ladi. Qizil armiya qismlari kuchayib Shermuhammad boshliq
vatan himoyachilari Oloy tog‘lariga chekindi. 1921 yilda Andijon uyezdida, So‘xda, Buloqboshida, Chustda janglar davom etdi. O‘sha yilning may oyida himoyachilar Namanganga xujum qildilar. Rahmonqul qo‘rboshi Ashava qishlog‘ida 8 soatli jangda 65 soldatni o‘ldirib g‘alabaga erishdi. Lekin dushman yangi kuchlarni tashlab, 1921 yili noyabrda Ashavaga qayta xujum qildilar. Vatan himoyachilaridan 800 kishi o‘ldirildi, Rahmonqul qo‘rboshi Chotqol tomonga yashirindi. 1921 yili sentabrda Shermuhammad boshliq vatan himoyachilari va qizil armiya o‘rtasida Shohimardonda 14 soat jang bo‘lib, u chekinishga majbur bo‘ldi. Shundan keyin dushmanlar qirg‘iz qo‘rboshchisi Mueddinga qarshi hujum uyushtirib g‘alabaga erishdilar. 1921 yil yanvardan boshlab sentabrgacha Vatan himoyachilaridan 2500 tasi halok bo‘ldi. Lekin mustaqillik uchun kurashni hamon davom ettira berishdi. «Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 1922 yilning bahorida Farg‘ona vodiysida Shermuhammad, Islomqul, Eshman boyvachcha, Mirzo Umar, Umarqul, Omon Polvon, Boyeston, Mueddin, Shermat, Jonbekqozi Ahmad Polvon, Isroil, Shermuhammadning ukalari, Nurmat va Toshmat, Mamaroz, Qoraboy va boshqa qo‘rboshilar istiqlol uchun kurashishni davom etgirdilar». U yoki bu joylarda dushmanga qarshi Mirza ponsot, Davronbek, To‘xtasin, Xonmirza Karimjon, Sotvoldi Tursunaliyev va boshqa o‘nlab qo‘rboshilar jang olib bordilar. 1923 yil istiqlol uchun kurash davom etdi. Biroq o‘sha yilning oxirgi oylarida «bosmachi»larning asosiy kuchlari tor-mor etilib, sobiq ittifoq o‘zining mavqeini mustahkamladi. Shermuhammadbek Afg‘onistonga chekindi. Lekin Vatan himoyachilari ayrim yerlarda kurashni davom ettirdilar. Suzoq qishlog‘ida Nurullo Maqsum boshchiligidagi «bosmachi»lar ham taslim bo‘ldilar. Ularni aldab, tinchlik shartnomasini(yarash) tuzib paxta zavodida katta ziyofat uyushtirib, ularni hammasini qo‘lga olib O‘sh shahriga olib ketdilar.
«Bosmachilik» harakatining kuchayishi «aslida u 1918 yil fevral oyida bolsheviklarning Turkiston muxtoriyatiga qarshi boshlagan urushi jarayonida yuzaga kelgan edi... 1918-1924 (7 yil mobaynida) kurash davom etdi. Shu yillar orasida ularning soni 20—30 ming kishiga yetdi». Bu haqiqiy milliy ozodlik kurashi bo‘lib muhim ahamiyat kasb etdi.
Avvaldan e’lon qilingan xalq komissarlar sovetini qarorida xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashligi har qanday milliy va diniy imtiyozlarni bekor qilib mayda millatlarni erkin taraqqiy etishiga yo‘l ochib berish «Rossiya va Sharq mehnatkash musulmonlar»ga ko‘rsatilgan huqukdarga rioya qilinmadi. Qonuniy erkinlik berib elon qilingan Turkiston avtonomiyasi 1918 yili 19-26 yanvarda Toshkentda muxtoriyat hukumati bekor qilindi deb uning 30 ta a’zosi qamaldi. Muvaqqat xuku mat va bolsheviklar musulmon xalqlarining Qozon shahrida bo‘lgan yig‘ilishida avtonomiyaning qurolli kuchlarini tashkil qilish haqidagi qarorini jonu jahti bilan bajarmaslikka harakat qilishdi. Ana shunday bo‘lsa-da, mustaqillik va ozodlik uchun kurashuvchi Turkiston xalqlari adolatsizlikka qarshi kurashuvchi kuchlardan foydalanish chorasini ko‘rishdi. Vaholanki, 1917 yil dekabrda «Ulug‘ Turkiston» (Toshkent) gazetasida Qo‘qon avtonomiyasi bu Turkistonni Rossiyadan ajratib olish niyatida emas edi. Lekin unga qarshi uyushtirilgan qonli yurishlar har qanday holatni yaratishi mumkin. Qo‘qon muxtoriyatini himoya qilish, uni bolsheviklar zulmidan saqlab qolish Ergash Qo‘rboshiga topshirildi. Shunday qilib, xalq milliy-ozodlik harakati birinchi marta 1917 yil oxirida va 1918 yil boshlarida Qo‘qonda vujudga keldi. Milliy ozodlik harakatining qatnashchilarini «kallakesarlar», «bosmachi», xalqqa qarshi deb ko‘rsatishga harakat qildi. 1918 yil 22 fevralgacha bolsheviklar shahar mudofaachilariga qarshi Qo‘qon ko‘chalarida katta janglar uyushtirdilar. Sho‘ro qo‘shinlari 10 mingga yaqin turkistonlikni qirib tashladi. Bu kurashda bolsheviklar arman dashnoqlaridan juda unumli foydalandilar. Bir oy davomida shahar arman millatchilari (Dashnoq)lar tomonidan talon-toroj qilindi. Arman dashnokdari birgina 1918 yil boshlarida Marg‘ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming, Qo‘qonda 4,5 ming kishini otib tashladilar. Farg‘ona vodiysida 180 ta qishloqqa o‘t qo‘ydilar. Muxtoriyatni tor-mor qilinishi bolsheviklarni millatlarni o‘z huquqini o‘zi belgilash masalasini yuzaki ekanligini isbotladi. Keyinchalik 1918 yil may oyida Turkiston sovet avtonom sotsialistik respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Bunga mahalliy milliy vakillardan ozchilik kiritildi. Lekin ular hal qiluvchi rol o‘ynay olmadi. Shunday qilib, Turkistonda sho‘ro hokimiyati zo‘rlik asosida o‘rnatildi. Qo‘qondagi Turkiston Muxtoriyatini tugatilishi qirg‘inlar, yong‘inlar, talon-torojlar va hayosizlarcha xalqni qizil imperiya davlatiga bo‘ysundira olmadi, aksincha bunday holat turkistonliklarni, ayniqsa, Farg‘ona vodiysidagi qahramon xalqni qo‘lga qurol olib ko‘p yillar davomida kelgindi bosqinchilarga qarshi kurash olib borishga undadi. Bu Turkistonda haqiqiy partizanlik urushining boshlanishi edi. Shermuhammadbek (Shermatbek), Muhammad Aminbek (Madaminbek) Nurmuhammadbek (Nurmatbek), Xolxo‘jabek va boshqa el ichidan otilib chiqqan erk jangchilari rahbarligida sovetlarga qarshi uzoq yillar kurash olib bordilar. Sho‘rolarning grajdanlar urushi, Rossiyada 1918 yil bahoridan boshlanib 1920 yilgacha davom etdi. Turkistonda esa mahalliy aholi o‘z ustidan hukmron bo‘lgan sho‘rolarga qarshi milliy ozodlik kurashini davom ettirdi. Rossiyada oq gvardiyachilar bilan qizil gvardiyachilar bunday urush Turkistonda yuz bermadi. «Bosmachilar»ning aksariyat qismi Turkistonning mustaqilligini saqlab qolish uchun harbiy kuchlar sifatida chet ellik mustamlakachilarning «yangi tuzumi» (sovetlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Ularning bu kurashlari 10 yildan ortiq davom etdi. Bu nom «bosmachi»lar velikorus shovinizmiga ayovsizlarcha vahshiylikka, adolatsizlikka qarshi umumxalq kurashiga aylanib, 1930 yilning birinchi yarmigacha davom etdi. Qo‘qon muxtoriyati rus shovinistlari va arman dashnoqlari tomonidan qonga botirilgach, 1918 yil bahoridan xalq ozodlik harakati O‘sh atrofini Qizil imperiya changalidan ozod qila boshladi. 1918 yil kuzida Farg‘onaning sharqiy hududida Madaminbek (Muhammad Aminbek) o‘z harakatini kuchaytirdi va 1918-1920 yillarda Farg‘ona milliy ozodlik harakatining markaziga aylandi. Milliy ozodlik harakatining birlashgan kuchlari Jalolobod va O‘sh shaharlarini egallab 1919 yil 17 sentabrda Andijonni qamal qildi. Lekin katta kuchga ega bo‘lgan Andijon garnizoni ozodlik kurashchilarini chekinishga majbur qildi. 1920 yili mart oyida Madaminbek Ahmadbekovni taslim qilib qon to‘kilmasin, hammaga ozodlik beriladi degan va’dalar bilan taslim bo‘lishga majbur qildi. Madaminbekning taslim bo‘lishi ozodlik harakatini so‘ndira olmadi, aksincha, 1920 yil kuzda Farg‘onada Shermatbek (Shermuhammadbek) yetakchiligida ozodlik harakati yana avj ola boshladi. Bu harakat 1923 yil oxirigacha davom etdi.
Turkistonda tashkil topgan uchinchi bir milliy mustaqil davlat - Xorazm Xalq Jumhurriyati edi. 1917 yil dekabrida Tosh- kentdagi Sho‘ro Komissariyati Xiva xoni mustaqilligi sho‘rolar hukumati tomonidan tanilganini bildiradi. Ammo bolsheviklarning vaqtdan yutish uchun ishlatgan bu nayrangiga Asfandiyorxon uchmaydi va u Sovet hokimiyatini tan olishdan bosh tortadi. Ayni vaqtda muxojirlikdan qaytib kelgan Junaidxon Xiva xoni siyosatidan norozi bo‘lgan tarqoq turkman qabilalarini birlashtirib xonga qarshi bosh ko‘taradi va u bir vaqtda Sho‘ro hokimiyatiga ham qarshi kurash boshlaydi. Asfandiyorxon, Junaidxon birlashishadi. Pekin 1918 yil sentabrida Asfandiyorxon mafxiy ravishda o‘ldiriladi. Junaidxon taxtga Asfandiyorxonning tog‘asi Abdullaxon yuzaki taxtga o‘tkaziladi. Aslida esa Junaidxon Xiva xonligining mutlaq hukmdori bo‘lib qoladi.
1918 yil 4 aprelda Rossiya hukumati topshirig‘iga binoan Turkiston ASSR hukumati Junaidxon bilan sulh shartnomasini imzolaydilar. Lekin Sovet hokimiyati Xivada inqilob o‘tkazishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Sovetlarning Xivaga nisbatan dushmanligini sezgan Junaidxon RSFSR bilan Turkiston ASSRiga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 1919 yili dekabrdan Junaidxonga qarshi sovetlar yurish boshlaydi. 25 dekabrda Qizil qo‘shin Amudaryodan o‘tadi. Junaidxon qo‘shinlari bolshevik bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsata boshlaydi. Ammo kuchli qizil gvardiya zarbasiga bardosh bera olmay Urganch tomonga chekinadi. 1920 yili 17 yanvardagi kuchli jangda Junaidxon qo‘shinlarni saqlab qolish maqsadida asosiy qarorgohi (yaxshi mustahkamlangan) Taxtaqal’aga chekinishadi. Lekin 1 fevralda Qizil imperiya qo‘shinlari xonlik poytaxti Xivani egallaydi. Abdullaxon Xiva xonligidan voz kechadi. Turkistonda sodir etilgan vahshiyliklarning hammasiga Elliava, Quybishev, Kolesov, Frunze kabi bolsheviklar boshchilik qiladi. Ilgarigi general Skobelev, Kaufman, Kuropatkin va boshqalarning vahshiyligidan bularning qilgan ishlari o‘tib ketdi. Xivadagi to‘ntarish xalq qo‘zg‘oloni natijasida emas, balki chet el intervensiyasi niqobida yuz bergan edi. Lekin RSFSR va Turkiston ASSR hukumati Xiva xonligini yer bilan yakson qilgan sovet harbiy kuchlari emas, xalq inqilobi deb tushuntirdilar. 1920 yil fevralda «yosh xivaliklar» umumxorazm qurultoyini chaqirib «Xorazm Xalq Jumhuriyati» tuzilganligini e’lon qildilar. Turkistonda yana bir milliy mustaqil hukumat tuzildi: Xoji Yusuf, Paxlavonniyoz - hukumat raisi, Bobooxun Salim o‘g‘li - bosh vazir, Mulla O‘roz- xo‘ja Muhammad - tashqi ishlar vaziri, Jumaniyoz Sultonmurod - ichki ishlar vaziri, Mulla Bekjon - madaniyat vaziri, Hasan o‘g‘li - harbiy vazir, Mulla Normuhammad - iqtisod vaziri bo‘ldilar. Qurultoy Xiva xonligi o‘rnida qadimiy Xorazm nomini qayta tiklaydi. Yosh Xorazm Xalq Jumhuriyati e’lon qilinadi, o‘zining milliy harbiy qo‘shinlarini tuzadi. RSFSR hukumati rasman Xorazm Xalq Jumhuriyatini taniydi, ikkinchi tomondan esa bu hukumatni tezda yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘ra boshlaydi. 1920 yil 26 aprelda Xiva shahrida chaqirilgan 1 Butun Xorazm qurultoyi (aslida 2nchi) Xorazmni sovet respublikasi deb e’lon qildi. Shunday qilib, Xorazm Xalq Jumhuriyati halok bo‘ldi, Hukumat a’zolarining ko‘pchiligi qamoqqa olindi.
Buxoro amirligi 1917 yil fevral inqilobiga qadar Rossiyaning protektorata sifatida yashadi. Turkiston Xalq Komissarlari raisi Kolesov 1918 yil 28 fevralda yangi Buxoroga (hozirgi Kogon) shahriga keladi. U Turkiston hukumati nomidan Buxoro xonligiga qarashli rus shaharlarida Sovet hokimiyatini tan olishni va xonlikni boshqarishni demokratlashni buyuradi. «Yosh buxorochilar»dan ijroiya komitet ta’sis etish va bu komitet qo‘liga davlat hokimiyati o‘tishi kerakligini ham taklif etadi. Said Olimxon bu talabni bajarishdan bosh tortadi va ikki davlat o‘rtasida urush kelib chiqishiga bu bir bahona bo‘ladi. 1918 yil 2 martda F. Kolesov xonlik poytaxti Buxoroga xujum boshlaydi. Bu hujum Kolesov uchun mag‘lubiyat bilan tugaydi. Buxoro xalqi amir qo‘shinlari bilan birgalikda Buxoro mustaqilligini himoya qiladi. Kolesov chekinadi. Amirlikni yiqita olmagan sho‘rolar 1918 yili 25 martda Qiziltepada sulh bitimini imzolashga majbur bo‘ldi. Bu urushdan so‘ng bolsheviklarni vakili sifatida Elliava, Shalva, Zurabovich va Braydo Buxoroga keldi. Amir bilan suhbatda ular harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildiradi. Said Olimxon Junaidxon bilan sho‘rolarga qarshi harbiy ittifoq tuzishga, Afg‘oniston bilan do‘stlik ahdnomasi tuzishga erishadi.
Bolsheviklar Buxoroga qarshi zudlik bilan takroriy hujum M. V. Frunze boshliq rejasini ishlab chiqdi. «Buxoro inqilobi» deb atalmish bu davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilish uchun V. V. Kuybishev «Yosh buxoroliklar» markaziy byurosining raisi F. Xo‘jayev va Buxoro kommunistik partiyasi (yangi) markaziy komitetining raisi Xusainovlarga topshirdi. Bolsheviklar yana hiyla ishlatib sulh tuzish uchun Baranovni elchi qilib Toshkentdan Buxoroga jo‘natdilar. U amir bilan xushmuomalada bo‘ldi. Amir Qizil askarlarni Kogondan olishni talab qildi. O‘zi ham qo‘shinlarini temir yo‘lda 5-6 km orqaga chekintirdi. Bu nayrang edi. Bolsheviklar 1920 yili 28 avgustdan 29 avgustga o‘tar kechasi soat 12da to‘satdan Buxoroga qarshi hujum boshladi. Katta kuch ishlatib uch kun ichida Buxoro shahrini bosib oldi. Buxoro amiri G‘ijduvon tomon chekindi.
Sentabr oyida Amir Buxorodan qochib ketganidan keyin 1920 yil 25 noyabr (7 noyabr) Buxoro amiri oldidagi maydon «Buxoro mustaqilligi» maydoni deb e’lon qilinadi.
Munavvarqori Abdurashidov xotira asarida bunday yozadi: «Fayzulla Xo‘jayev oktabr bayrami va Buxoro mustaqil bo‘lganligi bilan tabriklab, nutq so‘zlaydi. Shu kundan boshlab «yosh buxoroliklar» «Mustaqillik» so‘zini tez-tez qo‘llaydigan bo‘ldilar va unga erishishga harakat qila boshladilar. Oz vaqt o‘tgandan keyin Turk komissiya a’zosi Safarov Buxoroga keladi va meni Revkomga chaqirib vaziyat haqda so‘radi. F. Xo‘jayev unga xalq hozirgi vaziyatdan norozi ekanliklarini aytib: «bu inqilobmi yoki bosib olishmi?», degan savollarni o‘rtaga tashlaganliklarini aytdim deydi. Munavvarqori Buxoroligida bu yerda Boshqiriston milliy muxtoriyat hukumati bolsheviklar tomonidan xuddi Qo‘qon Turkiston muxtoriyati kabi tor-mor etilganligi, uning boshlig‘i va xarbiy vaziri Ahmad Zokiy Validiy (Validov) qochib keladi.
Munavvarqori, F. Xo‘jayev va boshqa Turkiston milliy bir- ligi goyasini olga suruvchilarning birlashishi tufayli O‘rta Osiyo va Qozogiston maxfiy-milliy aksilkommunistik xarakat marka- ziga aylanadi.
Markazning murojaatiga ko‘ra, Turkiston milliy birligi g‘oyasi fidoyilari Kokajon Berdiyev, «Alasho‘rda» vakillari, qozoq Xayriddin Bolginboyev, Muxtor Avezovlar ham Buxoroga keladi. Buxorodagi «Buxoro istiqloli», Toshkentdagi «Milliy ittihod», Qozog‘istondagi «Alash o‘rda» va boshqa milliy ozodlik xarakatlari markazlarining markazi - Turkiston milliy birligi maxfiy tashkiloti tashkil topadi. Uning yetti bandlik «Umumplatformasi» — harakat dasturi ham qabul qilinadi. Uni A. 3. Validiy To‘g‘on boshqaradi.
«Turkiston milliy birligining asosiy maqsadi butun Turkiston tarixiy - geografik mintaqadagi bosqinga qarshi ozodlik harakati bosmachilik urushlarini birlashtirish bu g‘oya 1929 yil sentabrda Bakuda bo‘lgan. Sharq xalqlarining qurultoyi Munavvarqori Abdurashidxonov, T. Risqulov, A. 3. Validiy, Anvar poshsho va boshqalar tomonidan olg‘a surilgan bo‘lishi mumkin. Chunki Turkistondan borgan hamma delegatlarda bolshevistik bosqinga nisbatan nafrat kuchli bo‘lgan. Shu yerda Anvar poshsho bilan A. 3. Validiy yashirin holda uchrashib Turkiston xalqlari taqdiri haqida o‘ylaganliklari ma’lum»
«Turkiston milliy birligi» «O‘rta Osiyo musulmon xalq jumhuriyati» deb ham nomlanib, u o‘z atrofiga Turkiston millati fidoyilarining yirik vakillarini to‘pladi. Mintaqada maxfiy faoliyat yuritdi. Milliy ozodlik harakatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish sohasida juda tashkiliy — ommaviy ishlarni jonlantirdi. Salkam uch yil ichida o‘zining uchta (Buxoro, Samarkand va Toshkent) kongressini o‘tkazdi. Bular albatta, o‘z-o‘zidan emas, balki kattagina mablag‘ evaziga amalga oshirilgani aniq. Ma’lumki bu paytda «Turkiston milliy birligi» harakati qamrab olgan mintaqada ocharchilik va iqtisodiy tanazzul avj olgan edi. Buning ustiga- ustak, sovet hukumatining o‘zi xalq ommasini ochiqdan-ochiq, har xil siyosiy kompaniyalar bahonasida talab toptalayotgani ham ma’lum.
Shu nuqtai nazardan xulosa qilinsa, jadidchilikdan o‘sib unigan BXSR hukumati rahbarlari o‘z xatosi va aldanganliklaridan xulosa chiqarib, «Turkiston milliy birligi» g‘oyasining amalga oshishiga umid boglagan holda davlat xazinasidagi oltin zaxirasidan ma’lum bir qismini sarflangan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki ularga amirdan qolgan meros, yuqoridan taxminan bo‘lsada, ko‘rsatilganidan kattagina bo‘lgan.
Keyinga paytda ma’lum bo‘lishicha, F. Xo‘jayev kommunistik bosqinga qarshi hatto maxfiy ravishda «bosmachilik urushi» qo‘rboshisi bilan bitim ham tuzgan ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, u ikki tomonlama ish olib borgan. Bir tomondan, milliy ozodlik uchun maxfiy faoliyat yuritgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan mavjud mustamlaka, o‘zi yuqorida tan olingandek, «qul» kabi xizmat qilishga majbur bo‘lgan .
1920 yil 2 sentabrda Turkfront qo‘shinlari Buxoroda davlat to‘ntarishi qilib shaharni egallab olishdi. Butun Buxoro inqilobiy komiteta va xalq nozirligi sovetining RSFSR muxtor vakilligi bilan qo‘shma majlis bo‘lib, Umum Buxoro inqilob komiteta va respublika hukumati tuzildi. Hukumat raisi etib F. Xo‘jayev tayinlandi. Ana shunday vaziyatda «Yosh buxoroliklar» va islohotchilar 1920 yil 6 oktabrda Umum Buxoro Xalq kurultoyini chaqirib Buxoro Xalq Jumhuriyatini e’lon qildilar.
Sovet hukumati 1924 yil 12 iyunda Buxoroni Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi va hukumat a’zolarini qatag‘on yillarida qirib tashladi. 1920-1931 yillarda Buxoroda milliy ozodlik harakatiga Mulla Muhammad Ibrohimbek yetakchilik qildi. Bu yerda ham «bosmachilik» harakati kuchayib ketdi. Ibrohimbek qaysi qishloqqa borsa bolsheviklarni qirar, qurol-yaroqlarini to‘plar edi. Ibrohimbek Qulob va Baljuvondan so‘ng Qorategin va Darvoz viloyatlarini hujum bilan oladi. Shu vaqtlarda Anvar poshsho Ibrohimbek bilan birga jangga kiradi. Ibrohimbek Denov, Boysun, Sherobod, Guzar va Qarshi atroflarida muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritadi. Anvar poshsho Baljuvon yuqori qismida bo‘lgan jangda qattiq yaralanadi va 1922 yili 4 avgust kuni vafot etadi, Hazrati Sulton ziyoratgohida dafn etiladi. Shunday qilib, Ibrohimbek sho‘rolarga qarshi 7 yil davomida tinimsiz jang qiladi. U Buxoroga hujum qilib 12 darvozasidan oltitasini egallaydi. 1920-924 yillar davomida Mulla Abdulqahhor, Jo‘ra Amin, Murod Meshqop, Mitan Polvon kabi yirik qo‘rboshilar rahbarligida «istiqlolchilik» harakati butun Zarafshon vodiysini qamrab oladi. Bolipeviklar «bosmachilik» harakatini tugatish uchun katga kuch to‘pladi. Buxoroda Ibrohimbek, Xorazmda Junaidxon otryadlari sho‘rolar hukumatiga tahdid solib turar edi. Junaidxon qo‘shinlari 1924 yilda, Ibrohimbek qo‘shinlari 1926 yilda tugatildi.
Turkistonda keng quloch yozgan milliy ozodlik harakati 1934 yilgacha davom etdi. 1939 yilda Turkistonda 14 ming, Edil-Uralda 7 ming, Shimoliy Kavkazda 4 ming va Qrimda 1 ming masjidi sharif buzib tashlangan. Agar 1917 yilda Turkistonda 20 ming masjid bo‘lgan bo‘lsa, 1953 yilga kelib faqat 250 masjid qoldi.
Kommunistlar islom dinini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. 6 mln turkistonlikni «millatchi», «panturkchi», «panislomchi», «xalq dushmani», «quloq» va «imperialistlar malayi» kabi tamg‘alar bilan qoralab qatag‘on qildi va qirib tashladi. Lekin Turkiston xalqlari o‘z milliy borliqlarini, o‘z dinini, o‘z madaniyatini, o‘z tillarini saqlab qolishga muvofiq bo‘ldilar. Insoniyat tarixida hech bir saltanat abadiy bo‘lgan emas. Pyotr I barpo etgan Rossiya imperiyasi (uning merosxo‘ri Qizil imperiya) ham roppa-rosa 270 yildan so‘ng - 1991 yilda qulab parchalanib ketdi.
Lotin alifbosida maqola: Milliy ozodlik harakati haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)