1945-80-yillar O'zbekiston iqtisodiyoti

Ikkinchi jahon urushi yillari davrida izdan chiqqan O'zbekistonning iqtisodiyoti urushdan keyingi 1946-1950 yillari g'oyat keskinlashgan xalqaro vaziyatda qayta tik-lana boshladi.
Mamlakatning ichki resurslari, tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchini g'oyat kuchli ekspluatatsiya qilish evaziga, xorijiy sarmoyalardan bosh tortgan holda olib borilgan iqtisodiyotni tiklash xalq boshiga og'ir kunlarni keltirdi. O'zbekiston xalq xo'jaligini tiklash ishlari sovet hukumatining zo'r berib kurollanish siyosati-ga buysundirildi. Ayni bir vaqtda o'zbek xalqi urushda vayron bo'lgan o'lkalarni tiklashga ham o'z hissasini qo'shdi. Urush davrining shart-sharoitlari saqlangan hol-da xalqning mardona va fidokorona mehnati bilan besh yil ichida sanoat mahsulo-tini ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetib, deyarli ikki marta oshib ket-di.
Urushdan keyingi yillarda qishloq xo'jaligini, ayniqsa chorvachilikni tiklash ishlari ancha og'ir o'tdi. 1945 yil 15 iyuldagi Markaziy hukumatning «O'zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to'g'risida»gi qarori aso-sida paxta yakkahokimligi kuchaytirildi va O'zbekistonning markazga bog'liqligi yana ham mustahkamlandi. Ob-havoning injiqligiga, tiklash ishlarining qiyinchilikla-riga qaramasdan, 1950 yilgi tayyorlangan paxta 2.200.000 tonnaga yetdi.

50-60-yillarda sanoat va qishloq xo'jaligini boshqarish tizimiga ayrim o'zgari-shlar kiritildi. Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yi-rik korxonalar respublika ixtiyoriga o'tkazildi. Natijada sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning salmog'i 31 foizdan 55 foizga ko'tarildi. Xo'jalikni boshqarishda iqtisodiy omillarga suyanish, mehnat manfaatdorligini oshirish va boshqa tadbir-lar o'z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohotlar o'tkazilmagan edi. Sano-at va qishloq xo'jaligi ekstensiv yo'l bilan, ya'ni tabiiy boyliklardan o'rinsiz, hisobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 60-70-yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.
O'zbekistonda oltin, uran, rangli metallar ishlab chiqarish keng yo'lga qo'yila boshlandi. Energetika, kimyo sanoati rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi natija-sida yangi shaharlar: Navoiy, Uchquduk, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod kabilar qad ko'tardi. Lekin mustamlaka holatidagi respublikaning rivojlanayotgan iqtisodidan boshqalar ko'proq manfaatdor edilar. So'nggi hisob-kitoblarga qaraganda bevosita Ittifoq ministrliklariga bo'ysundirilgan faqat oltin va uranning o'zidan 15 mil-liard amerika dollariga teng boylik Markazga olib ketilgan. O'zbekistonning aksa-riyat shahar, qishloqlari gazlashtirilmagan holda respublikada qazib chiqarilgan tabiiy gaz Rossiyaning sanoat markazlariga yetkazib berildi.
50-60-yillari O'zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985 yillari qariyib 2.400.000 gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. Sug'orish ishlarini yaxshilash uchun sun'iy suv omborlari qurildi.
Qishloq xo'jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskuna-lari tayyorlab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bi-lan birga paxta hosildorligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foyda-lanildi. Ko'rilgan tadbirlar natijasida 1970 yili respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 tonnaga yetdi.
Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning Ittifoqqa bog'lanishi yana ham kuchaydi. Prezident I.A. Karimov: «... u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi», deydi.
1985 yilning bahorida qishloq xo'jaligini boshqaruv tizimiga o'zgartirish kiri-tilib, mehnatni tashkil etishning brigada yoki oila pudrati, ijara singari yangi shakllari joriy etildi. Lekin markazda ma'muriy buyruqbozlik boshqaruv tartibi saqlangan holda ko'rilgan tadbirlar, qayta qurishlar natija bermadi. Jamiyatda, xususan iqtisodiyotda inqirozli holatlar kuchaya bordi. Qayta qurish deb boshlangan quruq kompaniya Prezident I. Karimov ta'biri bilan aytganda, «hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o'g'rilik, qotillikni kuchaytirdi».
XII besh yillik vazifalari ilgarigi uch besh yilliklardagi kabi bajarilmay qoldi. O'zbekistonda milliy daromadning o'sishi 80-yillar birinchi yarmida o'rta hisobda 3,3 foizni tashkil qilgan bo'lsa, ikkinchi yarmida bu ko'rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi.
Paxta ekin maydonlarining o'rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli yerning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari ortiqcha mineral o'g'itlaridan foydalanish oqiba-tida bu yerlar ma'lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holga kelib qoldi. Qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirish, O'rta Osiyoning yirik daryolari suvlaridan nazoratsiz foyda-lanish, o'lkada o'rinsiz ravishda sun'iy suv havzalarining qurilishi natijasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojiasi vujudga kel-di.
O'zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush holatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og'ir bo'ldi. O'lkaning o'ziga xos demografik holati hisobga olinmasdan davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag' qoldiq printsipiga aso-slanib yildan-yilga qisqarib bordi. Ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish masalalarida miqdoriy o'sishlar ko'zga tashlanganligi bi-lan, aslida bular inson talabini qondirmas edi. Respublika bu sohalardagi ko'rsatkichlar bo'yicha Ittifoqdagi 15 respublika o'rtasida 13-14 o'rinlarda turdi.
80-yillarda fan, madaniyat va xalq ta'limiga ajratilgan xarajatlar davlat byudjetining atigi 2,7 foizini tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1989 yili Yevro-pa mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika mamlakatlarida 5,4 foizni tashkil qilgan. Bolalar o'limi, oshqozon-ichak va yuqumli kasalliklar bo'yicha O'zbekiston SSSR da birinchilar qatorini egalladi. Aholining o'rtacha yoshi 1970 yil 72 yosh bo'lsa, 1980 yili bu ko'rsatgich 67,7 yoshni tashkil qildi. Bunga asosiy sabab ekologik vaziyatning keskinlashuvi bo'ldi. Jafokash o'zbek xalqining turmush darajasi achinarli ahvolda bo'lib, boshqa respublikalar bilan qiyoslaganda oxirgi o'rinlarda edi. Bundan boshqacha bo'lishi mumkin ham emas edi.

Davlat bosh ekspluatator rolini bajargan sotsialistik tizimda mehnat ahli o'z kuchi bilan yaratgan mahsulotning atigi 25-30 foizi hajmidagina haq oldi. Sovet Ittifoqining sanoat rivojlanishiga, yadro qurollarini ishlab chiqarish, koinotni o'zlashtirishdagi yutuqlariga katta hissa qo'shgan O'zbekistonning million tonnalab paxtasi, ming tonnalab oltin, kumush, uranlari uchun Markaz u bilan nohaq, surbet-larcha, adolatsiz hisob-kitob qildi. O'sha davrning mehnat ilg'orlari sovet tizimi-dagi sotsial siyosatning og'ir oqibatlarini hali ham ko'rishyapti.

Lotin alifbosida maqola: 1945-80-yillar O'zbekiston iqtisodiyoti haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Hojiakbar Haydarov - Do’lana
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YAPONIYA
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты