Abadiy tinchlik

"Abadiy tinchlik" (Polsha tarixshunosligida Grzymulowski tinchligi sifatida tanilgan, polyakcha: pokój Grzymułtowskiego) — Getmanatning boʻlinishi toʻgʻrisidagi tinchlik shartnomasi. 1686-yil 26-aprel (6-may)da Rossiya podsholigi va Rech Pospolita oʻrtasida Moskvada erishilgan. Shartnoma matni muqaddima va 33 moddadan iborat edi.

Sulh 1654-yildan hozirgi Ukraina va Belorussiya hududlarida davom etgan Rossiya-Polsha urushi kelishuvlarini mustahkamlagan.

Shartnoma 1667-yildagi Andrusovo sulhida qayd etilgan bandlarni tasdiqladi, faqat quyidagilar isitsno qilindi: Rossiya Kiyevni 146 ming rublga sotib oldi va rasman uning oʻziga tegishliligini qayd ettirdi. Rech Pospolita (Polsha-Litva Hamdoʻstligi) ham Zaporojye Sichi ustidan qoʻshma protektoratdan voz kechdi.

Shartnomani Rech-Pospolita tomonidan voyevod Poznanskiy, diplomat Kshishtof Grzimultovskiy, Rossiya tomonidan esa kansler va elchixona boshligʻi knyaz Vasiliy Golitsin imzolagan.

Rossiya qirolligi Usmoniylar imperiyasi va Qrim xonligi bilan tuzilgan avvalgi kelishuvlarni bekor qildi va Turklarga qarshi Muqaddas Ligaga qoʻshildi. Bundan tashqari, Qrim xonligiga qarshi harbiy yurish tashkil etish majburiyatini oldi (1687 va 1689-yillardagi Qrim yurishlari).

Shuningdek, shartnoma yerlarni delimitatsiya qilishni, yaʼni yangi chegaralarni belgilash amaliyotini nazarda tutar edi, ammo bu Polshaning birinchi boʻlinishigacha amalga oshirilmadi.

Garchi Abadiy tinchlik shartlari shartnoma imzolanishi bilanoq darhol kuchga kirgan boʻlsa-da, Rech Pospolita Seymi hujjatni faqatgina 1764-yilda ratifikatsiya qildi.

Shartnoma Smolensk viloyatini, Kiyev bilan birga Ukrainaning chap qirgʻogʻini Zaporojye va Seversk yerlarini Chernigov va Starodub bilan birga Rossiya qirolligi tarkibiga qoʻshdi. „Abadiy tinchlik“ka erishilishi davlatlarning tatar-turk agressiyasiga qarshi birlashishiga imkon berdi va 1700-1721-yillardagi Shimoliy urushda Rossiya-Polsha ittifoqining asosi boʻldi. Rossiya Turkiyaga qarshi „Muqaddas Liga“ — Avstriya, Rech Pospolita va Venetsiya ittifoqiga qoʻshildi.


Lotin alifbosida maqola: Abadiy tinchlik haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
LITVA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты