Abbei de Sito

Abbey de Sito (fransuzcha: Abbaye de Citeaux) — sigir sutidan tayyorlangan fransuzcha yarim yumshoq pishloq.

Pishloq boshqa nom bilan ham tanilgan — Trapp de Sito (fransuzcha: Trappe de Cîteaux). Rebloshon pishlogʻining yaqin qarindoshi.

Pishloq 1925-yildan beri Avliyo Nikolay abbatligida ishlab chiqariladi. Har yili 70 ta Montbéliarde sigirining sutidan 60 tonnaga yaqin shunaqa pishloq ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan pishloqning katta qismi mahalliy bozorda sotiladi.

Pishloq tayyorlash uchun Montbéliarde zotli sigirlardan pasterizatsiya qilinmagan sut ishlatiladi. Pishloq ikki oy ichida tayyor boʻladi, pishish davrida pishloq muntazam yuviladi va aylantiriladi.

Pishloq boshlari disk shaklida, diametri 18 santimetr, balandligi 3,5-4 santimetr va vazni 700 gramm. Boshi oq momiq qoplamali silliq pushti-toʻq sariq qobiq bilan qoplangan, uning ostida biroz zich bir tekis yorqin fil suyagi rangidagi qaymoqli eti mavjud. Eti biroz suyuq boʻlishi mumkin. Kichkina gʻovaklari eti boʻylab teng ravishda taqsimlanadi.

Bu mahsulotda pishloqli yertoʻlaning yengil hidi, guldastaning oddiy isi bor, yogʻli kremsimon tuzilishga va yorqin shirin meva taʼmiga ega. Sovutilgan yangi Bojole (fransuzcha: Beaujolais) vinosi yoki mevali guldasta va uzum isli Burgundiya (fransuzcha: Bourgogne) vinosi bilan isteʼmol qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: Abbei de Sito haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты